“Nasaf”ning braziliyalik legioner Lima Kruz yarim yillik faoliyati davomida qarshilik muxlislarning mehrini qozonishga ulgurdi. Ayniqsa, u kerak paytda kerakli gollarni ura oladigan hujumchi sifatida taassurot qoldirdi. Sports.uz muxbiri uning rejalari va taassurotlari bilan qiziqib ko‘rdi.
- “Nasaf” klubi bilan o‘tkazgan yarim mavsumlik faoliyatingizda mamlakat Kubogini qo‘lga kiritdingiz va bronza sohibiga aylandingiz. Ayting-chi, qoniqish hosil qildingizmi?
- Men ha deya olaman. Chunki biz ajoyib mavsumni o‘tkazdik. Ammo biroz xafaman. Negaki, jamoa tarixida ligadagi dastlabki chempionlikni tantana qilishimizga juda yaqin kelganimizni bilardik.
- Ha, “Nasaf” chempionlik uchun juda yaqin kelgandi. Hammasi jamoaning o‘z qo‘lida edi. Biroq oxirgi ikkita bahsda yutqazdi. Nima bo‘ldi?
- Ha, hozirgacha ham men xafaman. Bunga sabab oxirgi ikkita o‘yindagi mag‘lubiyat. O‘ylaymanki, hamma shunday holatda. Biz uzun va og‘ir mavsumni o‘tkazdik. Bir qator muhim futbolchilarni jarohat sababli yo‘qotdik. Yakunda baribir barchasi hisobga olinadi. Nima bo‘lgan taqdirda ham boshimizni baland tutishimiz kerak. Kelgusi mavsumda yanada yaxshiroq kurashish uchun ajoyib holatda yetib kelishimiz kerak.
- Ta’tilni qayerda o‘tkazyapsiz?
- Hozirda Tailanddaman, akamning uyida. U bu yerda 6 yildan beri o‘ynayapti va biz 6 yil ichida birinchi marta uchrashyapmiz.
- Keyingi rejangiz qanday? Yana “Nasaf”da qolasizmi?
- Meni hali ham shartnomam bor. Rejam bo‘yicha qaytishim, rivojlanishda davom etishim va “Nasaf” bilan ko‘proq muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritishimda davom etishim kerak.
- O‘zbek futboli sizda qanday taassurot qoldirdi? Sizga hammadan ham ko‘proq nima yoqdi?
- Juda ham yaxshi. O‘yinlarni tashkillashtirish, uchrashuv davomida va uchrashuvdan tashqaridagi muhit ham ajoyib darajada. Klublarning sifatini ham zo‘r deb ayta olaman.
- Aytganingizdek, akangiz ham futbolchi. O‘zbekiston chempionatida birga to‘p surish rejangiz bormi?
- Bu bizning orzuimiz. Nafaqat bizning, balki qachondir birgalikda o‘ynash otamizni ham orzusidir. Bu qayerda sodir bo‘lishining ahamiyati yo‘q. Agar bu voqea O‘zbekistonda yuz berganida juda ajoyib ish bo‘lgan bo‘lardi.
- Sir bo‘lmasa, takliflar bo‘lyaptimi? Masalan, Superligamizning boshqa klublaridan qiziqishlar bormi?
- Ochig‘ini aytadigan bo‘lsam, men bu to‘g‘risida hech nimani bilmayman. Ushbu masala yuzasida agentim shug‘ullanadi.
- Bosh murabbiy Ro‘ziqul Berdiyev bilan keyingi taqdiringiz bo‘yicha gaplashdingizmi?
- Yo‘q, hozircha. So‘nggi o‘yindan keyin buning uchun bizga vaqt yetishmadi. Men bir kun o‘tgach, Tailandga uchib ketdim.
Shuhratbek Jo‘rayev.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin