
Qatar mezbonlik qilayotgan Jahon chempionati 2-turidan o‘rin olgan Tunis - Avstraliya uchrashuvi nihoyasiga yetdi. Unda nominal mehmonlar kichik 1:0 hisobida raqibdan ustun keldi.
Uchrashuvda yagona gol Mitchell Dyuk tomonidan kiritildi. Bu gol Avstraliyaga muhim 3 ochkoni taqdim etdi.
Ayni vaqtda "kengurular yurti" vakillari 3 ochko to‘plab, ikkinchi pog‘onaga chiqib oldi. Tunis hisobida 1 ochko mavjud bo‘lib, terma so‘nggi o‘rindan joy olgan.
JCH-2022
"D" guruhi. 2-tur
Tunis – Avstraliya 0:1
Gol: Dyuk (23)
Tunis: Damen, Dreger, Merya, Bronn, Talbi, Abdi, Sxiri, Laiduni, Sliti, Msakni, Jebali.
Avstraliya: Rayan, Karachich, Suttar, Roulz, Bexich, Muy, Irvayn, Makgri, Lekki, Dyuk, Gudvin.
Ushbu o‘yindan keyin "D" guruhi jadvali shunday ko‘rinishda bo‘ldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar