
JCH-2022 2-turidan o‘rin olgan Argentina - Meksika uchrashuvi yakuniga yetdi. Mazkur bahsda "albisileste" 2:0 hisobida raqibdan ustun keldi.
Dastlab, 64-daqiqada Lionel Messi olis masofadan zarba yo‘llab, hisobni ochdi. 87-daqiqa o‘tib borayotgan bir paytda Enso Fernandes oradagi farqni ikkitaga yetkazib qo‘ydi.
Shu tariqa, argentinaliklar ochkolari sonini 3 taga yetzkib olgan holda, o‘z guruhida ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. 1 ochkosi bor Meksika hozircha so‘nggi pog‘onani band etib turibdi.
Argentina – Meksika 2:0
Gollar: 1:0 – 64 Messi, 2:0 – 87 Fernandes.
Argentina – Martines, Montel (Molina, 63), Otamendi, Martines, Akunya, Di Mariya (Romero, 69), Mak Allister (Palasios, 69), De Paul, Rodriges (Fernandes, 57), Messi, Martines (Alvares, 63).
Meksika – Ochoa, Alvares (Ximenes, 66), Moreno, Arauxo, Montes, Galyardo, Guardado (Guterres, 42), Errera, Chaves, Losano (Alvarado, 73), Vega (Antuna, 66).
Ogohlantirishlar: Arauxo (22), Montel (43), Guterres (50), Errera (66), Alvarado (89).
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing