02:10 / 28.11.2022
1 553

«Zenit» — «Spartak» o‘yinida futbolchilar o‘rtasida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘ldi (video)

«Zenit» — «Spartak» o‘yinida futbolchilar o‘rtasida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘ldi (video)
Futbol bo‘yicha Rossiya Kubogi guruh bosqichi 6-turi doirasida kechgan «Zenit» va «Spartak» jamoalari o‘rtasidagi o‘yin so‘ngida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘ldi.

Hakamning asosiy vaqt tugaganini bildiruvchi hushtagi yangraganidan keyin Kvinsi Promes («Spartak») va Vilmar Barrios («Zenit») o‘rtasida tortishuv yuzaga keldi. Janjalga Shamar Nikolson («Spartak»), Daler Kuzyayev («Zenit») va boshqa futbolchilar, shuningdek, har ikki jamoaning xodimlari aralashdi.

Janjal davomida Rodrigao («Zenit») Nikolsonga oyog‘i bilan zarba berdi, Nikolson esa bunga musht bilan javob qaytardi. «Spartak» vakili Aleksander Sobolev esa Barriosga qo‘li bilan zarba berdi.

Yakunda hakam VAR yordamida oltita qizil kartochka ko‘rsatdi: Aleksandr Sobolev, Shamar Nikolson, Aleksandr Selixov (barchasi «Spartak»), Vilmaru Barrios, Rodrigao va Malkom (barchasi «Zenit»).

Uchrashuvda «Zenit» penaltilar seriyasida g‘alaba qozondi (4:2).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Zenit» — «Spartak» o‘yinida futbolchilar o‘rtasida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘ldi (video)