
Marokash terma jamoasi bosh murabbiyi Valid Regragi jamoasining kuchi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Marokashliklar kutilmaganda Belgiya terma jamoasini mag‘lub etishdi (2:0) va jahon chempionatining pley-off bosqichiga chiqish imkoniyatlarini sezilarli darajada oshirdi.
"Biz hamjihatlik bilan harakat qildik. Bizda yetarlicha sifatga ega tarkib shakllangan. Shu bois, mundialda jiddiy natijaga erishishimiz mumkin. To‘g‘ri, bizda mukammal tarkib bor deb ayta olmayman, lekin bizni mag‘lub etish oson bo‘lmaydi, chunki bizda yaxshi tashkil etilgan tizim ishlayapti”, - dedi Regragi ikkinchi turdagi g‘alabadan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanida.
Guruh bosqichining so‘nggi o‘yinida marokashliklar Kanada terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 1 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Marokash Terma JamoasiValid RegragiJahon ChempionatiPley-OffBelgiya Terma JamoasiKanadaga Qarshi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar