
Jahon chempionati 2-turi doirasidagi "G" guruhi vakillari - Braziliya va Shveysariyaning o‘zaro to‘qnashuvi nihoyasiga yetdi. Unda "sariqlar" 1:0 hisobida zafar quchdi.
Butun bahs davomida shturm uyushtirgan "pentakampeonlar" 83-daqiqa kelibgina hisobni ochdi. Kazemironing kuchli zarbasini Zommer qaytara olmadi.
Shu tariqa, braziliyaliklar ochkolari sonini 6 taga yetkazib oldi va pley-off masalasini muddatidan oldin hal etdi. Shveysariya hisobida 3 ochko bor.
Braziliya – Shveysariya 1:0
Gol: 1:0 – 83 Kazemiro.
Braziliya – Alisson, Militao, Tiago Silva, Markinos, Aleks Sandro (Telles, 86), Kazemiro, Fred (Bruno Gimaraes, 58), Lukas Paketa (Rodrigo, 46), Risharlison (Gabriel Jezus, 73), Rafinya (Antoni, 73), Vinisius Junior.
Shveysariya – Zommer, Vidmer (Fray, 86), Elvedi, Akandji, Rodriges, Djaka, Froyler, Sou (Ebisher, 76), Vargas (Fernandesh, 59), Rider (Shteffen, 59), Embolo (Seferovich, 76).
Ogohlantirishlar: Rider (50), Fred (52).
BraziliyaShveysariyaJahon ChempionatiPley-OffKazemiroO‘zaro To‘qnashuv O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar