Bobur Abduxoliqov eng yaxshi to‘purar va eng yaxshi futbolchi sovriniga ega chiqdi

Bobur Abduxoliqov eng yaxshi to‘purar va eng yaxshi futbolchi sovriniga ega chiqdi
Futbol bo‘yicha Belarus Oliy Ligasining 2022 yilgi mavsumi o‘z yakuniga yetdi.

Mavsum yakunlariga ko‘ra, «Energetik-BGU» a’zosi Bobur Abduxoliqov yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Shuningdek, o‘zbekistonlik futbolchi eng yaxshi hujumchi, eng yaxshi to‘purar va eng foydali futbolchi nominatsiyalarida ham g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Bobur Abduxoliqov eng yaxshi to‘purar va eng yaxshi futbolchi sovriniga ega chiqdi
Eslatib o‘tamiz, «Energetik-BGU» jamoasi mavsumni ikkinchi o‘rinda yakunladi. Abduxoliqov esa 26 ta gol va 7 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar