
Jahon chempionati 3-turi doirasidagi Uels - Angliya uchrashuvi nihoyasiga yetdi. Unda nominal mehmonlar 3:0 hisobida zafar quchdi.
Birinchi bo‘limda tomonlar darvozalarga yo‘l topa olmadi, ammo ikkinchi taym boshida "uch sherlar" Reshfordning jarimadan yo‘llagan zarbasi evaziga hisobni ochdi. Oradan ko‘p o‘tmay, Fil Foden oradagi farqni oshirdi. Markusning o‘zi 68-daqiqada dublni rasmiylashtirib, inglizlarga yirik hisobdagi g‘alabani taqdim etdi.
Shu tariqa, Sautgeyt shogirdlari ochkolari sonini 7 taga yetkazib oldi va peshqadam sifatida pley-offga yo‘l oldi. So‘nggi pog‘onadagi Uels 1 ochko jamg‘argan.
Uels – Angliya 0:3
Gollar: Reshford 50, Foden 52, Reshford 68.
Uels – Uord, Uilyams, Rodon, Mifem, Devis, Roberts, Ampadu, Remzi, Allen, Beyl, Mur, Djeyms.
Angliya – Pikford, Uoker, Maguayr, Stounz, Shou, Xenderson, Rays, Bellingem, Foden, Keyn, Reshford.
Ogohlantirish: Djeyms (29).
Jahon ChempionatiUels AngliyaUels GollarReshford FodenSautgeyt ShogirdlariPeshqadam Pley-off O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar