
Murakkab xarakterga ega Joze Mourinoning angliyalik hujumchi Temmi Abraxamga munosabati o‘zgardi.
Italiya matbuotining yozishicha, shu paytga qadar bu futbolchini turli tanqidlardan himoya qilib kelgan portugaliyalik mutaxassis endi o‘zi ham Abraxamga e’tiroz qila boshladi. Bu holat, Abraxamning Yaponiyadagi o‘rtoqlik uchrashuvlarida ham gol ura olmaganidan keyin kelib chiqdi.
Xususan, “Yokogama Marinos”ga qarshi o‘tkazilgan bahsda angliyalik forvard maydonni quruq tark etdi. Uning o‘rniga maydonga tushgan Eldor Shomurodov esa o‘z hisobiga bitta gol yozdirib, jamoasini sharmandali mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.
Joze Mourino joriy mavsumda o‘yini qovushmayotgan Abraxamdan turli bahona va gap-so‘zlarini chetga surib, nimalarga qodirligini maydonda isbotlash kerakligini uqtirdi.
Bosh murabbiy mavsumning qolgan qismida hujum chizig‘ida Andrea Belotti va yangi olingan Ola Solbakkenga ko‘proq ishonch bildirishga qaror qilgani aytilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar