
Kecha JCH-2022 doirasida "C" guruhining 3-tur bahslari o‘tkazildi.
Argentina Polshani 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va guruhda 6 ochko to‘plab, keyingi bosqichga 1-o‘rin bilan chiqish masalasini ijobiy hal qildi.
Ikkinchi o‘rin uchun kurashgan Meksika esa 2:1 hisobida zafar quchdi, ammo ularga 2ta gol yetishmadi, chunki mundial guruh bosqichida jamoalar bir xil ochko to‘plashsa dastlab to‘plar nisbatiga qaraladi. Polshada 2-2 edi, Meksikada esa 2:3.

Shunday qilib, Argentina keyingi bosqichda Avstraliya, Polsha esa Fransiya bilan to‘qnash keladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar