Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) Qatardagi jahon chempionati yakunlari bo‘yicha rekord darajada yuqori pul mukofotlari beradi.
FIFA daromadlari yildan-yilga o‘sib boryapti, shu bois mundialga kelgan jamoalar uchun to‘lanadigan mukofot pullari ham oshmoqda.
Jahon chempionatlari oralig‘idagi to‘rt yil davomida tashkilotga pullar kelishda davom etadi. FIFA asosiy daromadni uch yo‘nalishdan oladi: tele va onlayn translyatsiya huquqini sotish (Qatar-2022 gacha o‘tgan to‘rt yilda — 3,5 mlrd dollar olindi), homiylik shartnomalari (2,4 mlrd dollar) chiptalar sotish (1,2 mlrd dollar).
Qolgan daromad manbalari bunchalik katta emas, biroq shular ham qo‘shilganda, 4 yillikda rekord darajada ko‘p — 7,9 mlrd dollar yig‘ildi. Solishtirish uchun: bundan oldingi mundial (Rossiya-2018)gacha bo‘lgan to‘rt yillikda FIFA g‘aznasida 6,4 mlrd dollar yig‘ilgandi.
Qatar-2022 da mukofot jamg‘armasi 1 mlrd dollarni tashkil etmoqda. Shundan 440 mln dollar sovrindorlarga topshiriladi. Qolgan 560 mln dollar terma jamoalari turnirda qatnashgan federatsiyalarga to‘lanadi.
Futbolchilari mundialda qatnashayotgan professional klublarga ham pul beriladi. Shuningdek, sug‘urta pullari bor: futbolchisi mundialda jarohat olgan klublarga to‘lanadi.
World Cup-2022 mukofot pullari
Har bir jamoa qatnashgani uchun 2,5 mln dollar oladi. Guruh bosqichidan pley-offga chiqa olmagan jamoa 8 mln «ko‘ki»dan oladi.
1/8 final qatnashchilari — 12 mln dollar, chorakfinalchilar — 16 mln, medallar uchun kurashgan to‘rt jamoa: 4-o‘rin — 22 mln, 3-o‘rin — 26 mln, 2-o‘rin — 32 mln, jahon chempioni — 45 mln dollar bilan mukofotlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Roma” Shomurodov uchun yana 8 million yevro xarajat qiladi!
Surxondaryo viloyatida ayiq IIB xodimiga jarohat yetkazdi
D vitamini dozasini oshirib yuborishning xavfli oqibatlari
Erdo‘g‘on davlat to‘ntarishi ehtimoli sababli tunda favqulodda yig‘ilish o‘tkazdi
Kolumbiya prezidenti Netanyaxuni hibsga olishga chaqirdi
Jizzaxda uchta yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Ukraina prezidenti mahbuslarni safarbar qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
O‘zbekiston avtomobil bozorida Trade-up dasturi joriy etiladi