09:44 / 12.12.2022
4 427

“Fohishaning bolalari! Barchangiz o‘g‘risiz!” Urugvay JCHni yondirib chiqib ketdi

“Fohishaning bolalari! Barchangiz o‘g‘risiz!” Urugvay JCHni yondirib chiqib ketdi
Final hushtagi yangragach, urugvaylik futbolchilar hakamga tashlanib ketgani yodingizdami? Referi kurakda turmaydigan so‘zlar bilan haqorat qilingani ko‘pchilikning e’tiboridan chetda qoldi. Ayni damda bu masala borasida ish ochilgan. Voqea tafsilotlari sizni hayron qoldirishi turgan gap.

Unutmagan bo‘lsangiz, Urugvay terma jamoasi futbolchilari Gana (2:0) bilan bahsdan so‘ng bosh hakamga yirtqich bo‘ridek tashlangan edi. Himoyachi Xose Mariya Ximenes qo‘riqchilar qurshovidagi arbitr bilan orani ochiq qilmoqchi bo‘lib, tirsagi bilan zarba bergani ko‘pchilikning e’tiboridan chetda qoldi.

Janubiy Amerika vakillari referining o‘sha kungi qarorlaridan keskin norozi bo‘ldi. Ayniqsa, so‘nggi daqiqalarda jarima maydonchasi ichida Edinson Kavaniga nisbatan ishlatilgan qo‘pollik uchun berilmagan penalti hammani quyushqondan chiqib ketishiga sabab bo‘ldi. Vaziyatga Luis Suares quyidagicha javob berdi: “Men Edinson jarima maydochasi ichida yiqitilganini ko‘rdim. Bunday qilib hammasini yopdi-yopdi qilib yubormaslik kerak. Hakamlar o‘sha epizodlar bo‘yicha tushunitirish berishi shart".

Ertasi kuni Edinson Kavanining ijtimoiy tarmoqlarda hakamlarning sha’niga aytgan qo‘pol so‘zlari aks etgan videolar paydo bo‘la boshladi:
O‘g‘rilar to‘dasi. Fohishaning farzandlari, har bir aytgan so‘zlarimni yozib olinglar!” Barchasi bu bilan yakunlangani yo‘q. Jahl ostiga mingan “El-Matador” VAR monitorini g‘azab bilan urib yubordi".


FIFAning bunga reaksiyasi qanday?

Tashkilot rahbarlari allaqachon vaziyat borasida fikr bildirdi. Unga ko‘ra, tartib-intizom qo‘mitasi 11 va 13-qarorlar asosida janjal ko‘targanlarni jazolashni maqsad qildi. Shuningdek, Ximenes, Kavani, Muslera va Godinga nisbatan alohida chora ko‘riladi.

Ushbu vaziyatga Jo Koul ham jim qarab turgani yo‘q. Angliya termasi sobiq a’zosi bu borada shunday fikr bildirdi: “Bu jirkanch harakat. Siz mag‘lub bo‘lgandan so‘ng o‘zingizni juda yomon his qilasiz. Shunga qaramay, og‘ir-bosiqlik bilan o‘zingizni yengishingiz lozim. Sizlarga butun dunyo qarab turibdi. Nima bo‘lganda ham, bolalar futbol tomosha qilishini unutmaslik lozim".

Katta ehtimol bilan, Urugvay terma jamoasi futbolchilari jazoga tortiladi. Bu klublar borasidagi musobaqalarga ta’sir qilmasa-da, terma libosidagi o‘yinlarni o‘tkazib yuborish bilan yakunlanishi turgan gap. Luis Suares bilan bo‘lgan voqea yodingizdami? U Jorjo Kellinini tishlab olgani uchun uzoq muddatga diskvalifikatsiya qilinadi. Qo‘shimchasiga, 111 ming yevro jarima ham.

Bundan chiqdi, Urugvay jarima to‘lash orqali vaiyatdan chiqib ketsa, “do‘ppisini osmonga otsa” bo‘ladi. Tartib-intizom kodeksida hakamlar sha’niga aytilgan har bir haqoratli so‘z uchun 5,3 ming yevro jarima to‘lash shart sifatida belgilab qo‘yilgan. Agar bu so‘zlar ommaviy axborot vositalari orqali aytilsa, 4 barobar qimmatroq to‘lanadi. Voqealar rivojini SPORTS.uz'da kuzatib boring!

Ya. U.

Manba: Sports.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Fohishaning bolalari! Barchangiz o‘g‘risiz!” Urugvay JCHni yondirib chiqib ketdi