
Italiyada jamoalarga VAR (video assistent referi) yordamini so‘rash imkoniyati berilishi mumkin. Bu haqda Eurosport nashri xabar tarqatmoqda.
O‘tkazilgan yig‘ilishda jamoalar texnik xodimlarining o‘yin davomida yuz bergan shubhali epizodlarga hakam e’tiborini jalb qilish imkoniyatlari muhokama qilingan. Italiya futbol federatsiyasi A Seriya klublarining iltimosiga binoan shunday tashabbus bilan chiqqan.
Federatsiya o‘z bayonotida FIFAni VAR so‘rovlaridan foydalanish bo‘yicha eksperiment o‘tkazishga tayyorligi haqida norasmiy ma’lumot berganini ta’kidladi.
“Tajribadan maqsad bosh hakamning rolini pasaytirish emas, balki unga yordam berish uchun aniq vositalar bilan ta’minlash orqali uning ishiga yordam berishdir”, - deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, texnik vaqt va har qanday yakuniy qarorlar Xalqaro futbol assotsiatsiyasi kengashining (IFAB) ixtiyorida bo‘ladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar