
Italiyalik sobiq futbolchi Franchesko Totti Ronaldu va uning atrofidagi gaplarga munosabat bildirdi.
"Men karerada yuqori bosqichdan birdaniga chetga chiqib qolish nima ekanligini yaxshi bilaman. Ronaldu boshidan o‘tkazgan so‘nggi oylarga qarasam, o‘z faoliyatimni qayta boshdan kechirayotganimdek bo‘laman.
Menimcha, u ko‘proq hurmatga loyiq. Har doim tashqaridan gapirish oson, lekin nima bo‘layotganini faqat u biladi.
Har holda, biz tarixdagi eng kuchli futbolchilardan biri haqida gapiryapmiz", - deydi sobiq rimliklar sardori.
Eslatib o‘tamiz, portugaliyalik futbolchi MYUni tark etgach, hozircha uning xizmatlariga "Al-Nassr"dan boshqa hech qaysi klub qiziqish bildirmayapti. Bundan tashqari jahon chempionatida Santush bilan bog‘liq kelishmovchiliklar bo‘lib o‘tdi.
Franchesko TottiRonaldu haqidaFutbolchilar haqidaTarixiy GaplarAl-Nassr KlubiChetga Chiqarish O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar