Bundan avvalroq O‘zbekiston Professional futbol ligasi Superliganing yangi 2023 yilgi mavsumida ham eski format o‘zgarishsiz qoldirilishi haqida e’lon qildi.
Tashkilot hozirgina o‘zining rasmiy saytida Superliga jamoalari sonini qanday oshirish mumkinligi bo‘yicha maqola e’lon qildi. Quyida ushbu maqola bilan tanishib chiqishingiz mumkin:
Superliga va Pro liga o‘rtasidagi sport prinsipi o‘ta muhim masala. Bugungi O‘zPFL mazkur ikki liga o‘rtasidagi sport prinsipining buzilishini yoqlayotgan har qanday mutaxassisni futbol va uning yaxlitligini hurmat qilishga chaqiradi. Shuningdek, bunday mavzularda fikr berishdan avval litsenziyalash talablari va professional futbol klubi maqomi haqida ma’lumotga yega bo‘lish muhim deb hisoblaydi.
Superligada klublar sonining oshirilishi bir necha shaxs fikriga ko‘ra rejasiz amalga oshmasligi va u tabiiy jarayonlar asosida avvaldan rejalashtirilishi lozim. So‘nggi bor sport prinsiplarining buzilishi 2019 yilgi mavsumda ro‘y berdi va bu hozirgacha milliy chempionat uchun foyda keltirmadi. Oqibatda avvalgi intriga qaytishi uchun yana 3 yil kerak bo‘ldi. Biroq o‘yinlar sonini ko‘paytirishga hozirgacha yerisha olmadik.
Tabiiy jarayon deganda aynan nima nazarda tutiladi? Bunda asosan uch jihatga ye’tibor qaratish lozim:
• davlat va davlat ulushi bor bo‘lgan korxonalar tomonidan moliyalashtirilayotgan futbol klublarining kamayib borishi va aksincha, xususiy klublarning ko‘payishi;
• iqtisodiy qiyinchiliklar bilan yashaydigan klublarning kamayib borishi va barqaror faoliyat ko‘rsatadigan klublar sonining oshishi;
• oddiy futbol jamoalarining litsenziyalash talablari asosida chin ma’noda professional futbol klublariga aylanib borishi hamda bunday klublar soni minimum 20 tani tashkil yetishi.
O‘zPFL bu borada aniq reja asosida ishlab kelmoqda. Quyida yuqoridagi uch masala bugunga kelib qay holatda yekaniga ye’tibor qaratamiz.
Futbol klublari qanday moliyalashtirilmoqda?
2022-yilgi mavsumda Superliga hamda Pro ligada umumiy 24 ta klub ishtirok yetdi. Shular orasidan 17 tasi davlat va davlat ulushi bor bo‘lgan korxonalar tomonidan moliyalashtirib kelinmoqda. Superliganing 1 ta hamda Pro liganing 6 ta klubi xususiy sektor tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi belgilangandi. Afsuski, mana shu 7 klubning 4 tasida jiddiy iqtisodiy muammolar yuzaga keldi. Bunda uncha yoqimli bo‘lmagan bir jihat bor: xususiy futbol klublari yuqoridagi 17 ta klub bilan raqobatlashishda jiddiy qiyinchilikka duch kelmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 dekabrdagi “O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5887-Farmoni bilan tasdiqlangan konsepsiyaga ko‘ra, davlat ulushi mavjud bo‘lgan yirik korxona va tashkilotlar tomonidan moliyalashtiriladigan futbol klublari bosqichma-bosqich xususiy sektorga o‘tib borishi lozim. Demak, har bir shunday futbol klubi o‘zining uzoq yillik aniq rejasiga yega bo‘lishi muhim. Ammo barcha futbol klublarida ham holat bunday yemas. Bu holatda Superligaga qo‘shimcha yana 2 ta aniq maqsadlarsiz klubni qo‘shish amalda hech qanday foyda keltirmaydi. O‘zbekiston futboli bunday tajribalarni bir necha bor boshidan kechirgan va ular amalda kutilgan natija bermagan.
So‘nggi uch yilda O‘zPFL xususiy futbol klublarini qo‘llab-quvvatlash yo‘lida qator ishlarni amalga oshirdi. Shundan kelib chiqib, “Turon”, “Andijon”, “Yangiyer”, “Andijon SGS”, “Yunired”, “Do‘stlik Toshkent” kabi futbol jamoalari, BMB, “Oil star”, TTG, “Qangli” kabi futzal jamoalari musobaqalarga qo‘shildi. Ular safi yanada kengayishi, xususiy sektor sportga kirib kelishi uchun futbol tadbirkorga o‘zaro manfaatli mexanizm taklif yeta olishi kerak. Ayni holatda yesa xususiy klublarda baribir muammolar mavjud. Oddiy misol — “Andijon” yoki “Yangiyer” futbol klublari.
Futbol klublari iqtisodiy barqarormi?
Ko‘plab klublar hisob raqamlari qarzdorlik hisobiga kartoteka holatiga tushib turadi. 2022 yilning 17 dekabr holatiga ko‘ra Superliganing 7 ta va Pro liganing 6 ta klubida qarzdorlik mavjud. Bunday sharoitda Superliga klublari sonini yanada ko‘paytirishdan ko‘ra, har jabhada barqaror faoliyat olib boradigan klublarga yega bo‘lish Liga uchun birlamchi vazifa hisoblanadi. O‘zPFL bosh direktori Diyor Imomxo‘jayev 2018 yilda har birida 12 tadan klub bor bo‘lgan va formati bir-biridan farq qilmaydigan 2 ta liga g‘oyasini shu sabablardan kelib chiqib ilgari surgandi. Chunki bizdagi mavjud iqtisodiy holat ko‘prog‘iga imkon bermaydi. Shunday bo‘lsa-da, Ijroiya qo‘mita hamda futbol klublari fikri inobatga olinib, Superligada 14 ta klub ishtirok yetyapti. Ya’ni, O‘zPFL rahbariyati 12 talik format loyihasini qo‘llayotgan bo‘lsa-da, bu borada tashkilot o‘z Ijroiya qo‘mitasi a’zolarining umumiy fikrini ham inobatga olyapti.
Professional futbol klubi nima?
2020-yildan boshlab O‘zPFL Superliga hamda Pro liga o‘rtasidagi tafovutni kamaytirish prinsipi bilan ishladi. Ketma-ket ikki mavsum Pro liga jamoalari o‘tish o‘yinida Superliga klublarini mag‘lub yeta oldi. Rejaga ko‘ra, 2024-yildan boshlab har ikki ligada faqatgina professional futbol klublari to‘p surishi, yarim professional futbol klublari yesa toki barcha talablarni amalga oshirguniga qadar Birinchi ligada ishtirok yetishi lozim. Bu qanday amalga oshmoqda?
O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan ayrim futbol klublarining nomlanishi professional atamasi bilan bog‘lansa-da, 2022 yilga kelib bizda professional klub mezonlariga javob bera oladigan 12 ta futbol klub bor yekanligini qayd yetish kerak. 2019 yilda bunday klublar soni 6 tani, 2020-yilda 7 tani tashkil qilgan. Aniq maqsadlar yevaziga OFK litsenziyasini qo‘lga kirita oladigan darajadagi klublar sonini oshib boryapti va mana shu aniq raqamlardan ham bilish mumkinki, bizda Superligada o‘ynay oladigan 16 ta klubning o‘zi yo‘q. Hattoki, barcha infrastrukturaga yega bo‘lgan “Nasaf” futbol klubi ham ye’tiborsizlik, talabsizlik oqibatida ketma-ket 3 yil OFK litsenziyasiga yega chiqa olmagani ma’lum. So‘nggi ikki yildagi islohotlar sabab yesa “Nasaf” va nihoyat 2021 yil litsenziyani qo‘lga kiritdi.
O‘zPFL prognozlariga ko‘ra, 2023 yilning iyun oyiga kelib professional futbol klublari soni kamida 16 tani tashkil qilishi kerak. Masalaning murakkab tomoni shundaki, mazkur klublar nafaqat professionalga aylanishi, balki bu maqomini barqaror bir necha yil saqlab turishi darkor. O‘zbekistonda mana shunday futbol klublari soni 20 tadan kam bo‘lmasa va ular kamida 2 yil talab qilingan suratda faoliyat ko‘rsatsa, biz Superliga ishtirokchilari sonini oshirish yuzasidan aniq takliflar kiritishga tayyormiz. Unga qadar yesa bu mavzuga qaytish mantiqli yemas deb hisoblaymiz. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...