00:30 / 23.12.2022
1 704

Turkiya klubida to‘p surayotgan o‘zbekistonlik "jangchi" (foto)

Turkiya klubida to‘p surayotgan o‘zbekistonlik "jangchi" (foto)
"Fotih Karagyumruk" sharafini himoya qilayotgan Otabek Shukurov Turkiyaning eng mashhur gazetalaridan biriga intervyu berdi.

"Fanatik"da hamyurtimiz haqida shunday yoziladi:
"Fotih Karagyumruk" mavsum avvalida o‘zbekistonlik futbolchini transfer qildi. Otabek Shukurov o‘z yurtida faqat harbiylarga beriladigan "Mard o‘g‘lon" ordeni bilan taqdirlangan. Futboldan topgan pullari bilan bolalarning ta’lim-tarbiyasiga yordamlashadi. Yosh bo‘lishiga qaramay, terma jamoada sardorlik bog‘ichini taqqan yarim himoyachi Istanbul klubining yetakchilaridan biri hisoblanadi. 26 yoshli futbolchi uchrashib, maqsadlari va hayot hikoyasini tingladik:


"Turk Superligasidagi birinchi o‘zbek"
"Albatta, Turkiyani tanlaganim uchun mamnunman. Bu men uchun yangi chaqiriq. Superligadagi birinchi o‘zbek bo‘lish yoqimli. Taqdirimda yozilgan hamma narsaga roziman.

Turkiya chempionati haqidagi fikrlarim judayam iliq. Chunki kuchli, sifatli jamoalarning soni ko‘p. Natija, maqsadlari uchun bor imkoniyatlarini ishga soladigan, butun kuchidan foydalanadigan klublardan iborat liga. Qisqasi, ham o‘yinchi, ham muxlis sifatida yoqyapti. Bu yerda bo‘lganim uchun baxtliman".


"Har o‘yin finalga teng"
"Oldimga doim yuksak maqsadlarni qo‘ydim. Futbolni juda yaxshi ko‘raman. Maydonda o‘tkazadigan har onim hayot mazmuniga aylangani tufayli bor kuchimni berishni xohlayman. Har o‘yinga finaldek tayyorlanyapmiz. Bu jamoaning bir parchasi sifatida qo‘limdan keladigan ishning eng yaxshisini qilaman".

Pirlo haqida
"Andrea Pirlodek afsona bilan ishlash men uchun rostan ham yoqimli. U men to‘p tepadigan pozitsiyada qanday o‘ynagani, qanaqa futbolchi bo‘lganini butun dunyo biladi. Har lahzadan unumli foydalanishga, undan yangi narsalar o‘rganishga va o‘zim uchun xulosa olishga harakat qilyapman".

"Kelishuvga amal qilaman"
"G‘arbdan kelayotgan takliflarga to‘xtalsak, men uchun muhim bitta narsa bor: "Fotih Karagyumruk" bilan amaldagi shartnomam. Professional o‘yinchi siffatida bu bitimga tamoman amal qilaman. Jamoada o‘zimni yaxshi his qilyapman. Butun e’tiborim shu klubga qaratilgan".

O‘mer Nejati Albayrak, "Fanatik" gazetasi
Faxriddin tarjima qildi

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Turkiya klubida to‘p surayotgan o‘zbekistonlik "jangchi" (foto)