00:09 / 24.12.2022
1 114

«Mash’al»ning 2 futbolchisi kelishilgan o‘yinlarda ishtirok etishga harakat qilgani uchun futboldan chetlatildi

«Mash’al»ning 2 futbolchisi kelishilgan o‘yinlarda ishtirok etishga harakat qilgani uchun futboldan chetlatildi
O‘FA Tartib-intizom qo‘mitasi 23 dekabr kuni navbatdagi qarorlarini e’lon qildi.

Superliga, Pro Liga va Birinchi Liganing bir qancha uchrashuvlarida bosh hakam sifatida ishlagan E.Tursunov o‘zining tanishi fuqaro R.Sahobutdinov orqali xorijiy bukmekerlik tashkilotlari vakillari bilan o‘zaro til biriktirgan holda o‘yinlarning natijasiga ta’sir o‘tkazish va totalizatorga pul tikish orqali moddiy manfaatdor bo‘lib kelgani aniqlandi va futbol bilan bog‘liq faoliyatning barcha turidan umrbod chetlatish jazosi tayinlandi. Fuqaro R.Sahobutdinovga esa futbol bilan bog‘liq faoliyatning barcha turidan 2 yil muddatga chetlatilish jazosi belgilandi.

«Mash’al» klubi futbolchilari S.Rahmatullayev va N.Pavlenkolar xorijiy bukmekerlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tashkilot vakillari bilan hamkorlik qilib, kelishilgan o‘yinlarda qatnashishga harakat qilganligi aniqlandi. Ularga nisbatan futbol bilan bog‘liq faoliyatning barcha turidan 1 yil muddatga chetlatish hamda jarima intizom jazosi tayinlangan.

Shuningdek, futbolchilar R.Yagudin va D.To‘xtaboyevlar sport me’yoriy hujjatlariga zid bo‘lgan har qanday urinish yoki boshqa noqonuniy xatti-harakatlar to‘g‘risida O‘FA Futbol faoliyatini nazorat qilish bo‘yicha maxsus inspeksiyasini o‘z vaqtida xabardor qilmagani uchun aybdor deb topilib, har biriga jarima jazosi tayinlandi.

Bundan tashqari, 2010 yilda (U-12) tug‘ilgan tarbiyalanuvchilar o‘rtasida «Professional futbol maktablari ligasi» O‘zbekiston Kubogi doirasidagi Toshkent viloyati FMM — Xorazm viloyati FMM o‘rtasidagi uchrashuvni boshqargan hakamlar M.Orzidinov, G.Bobomurodov va M. Begaliyevlarga o‘yinni «to‘g‘ri» boshqarishlari uchun «Xorazm» klubining yordamchi murabbiyi M.Abdullayev tomonidan uch million so‘m miqdorida pul mablag‘lari berilgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘FA Etika qo‘mitasi tomonidan bosh hakam M.Orzidinovga 2 yil muddatga, hakamlar G.Bobomurodov va M. Begaliyevlarga 1 yil muddatga, «Xorazm»ning yordamchi murabbiyi M.Abdullayevga esa 1 yil muddatga futbol bilan bog‘liq faoliyatning barcha turidan chetlatish intizom jazolari tayinlandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Mash’al»ning 2 futbolchisi kelishilgan o‘yinlarda ishtirok etishga harakat qilgani uchun futboldan chetlatildi