07:00 / 25.12.2022
924

O‘FA rahbariyati klublar vakillari bilan uchrashdi. Unda qanday masalalar ko‘tarildi?

O‘FA rahbariyati klublar vakillari bilan uchrashdi. Unda qanday masalalar ko‘tarildi?
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti Abdusalom Azizov boshchiligida Sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikromov, O‘FA ijroqo‘m a’zolari va professional futbol klublari vakillari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda O‘FA rahbariyati tomonidan har bir jamoada mavjud muammolar tinglandi. Ularni moddiy, tashkiliy va texnik masalalarda qo‘llab-quvvatlash mavzusi ko‘tarildi. Klublar terma jamoalar bilan hamjihat ishlagan holda iste’dodli futbolchilarni tarbiyalashi ustuvor vazifa etib belgilandi.

Murabbiy va mas’ullar shubhali o‘yinlarga aralashmaslik borasida jiddiy ogohlantirildi. Klublar vakillari tomonidan ko‘tarilgan muammoli masalalar tinglandi va ularni hal etish borasida O‘FA mas’ullariga aniq topshiriqlar berildi.

Suhbat davomida murabbiylar malakasini oshirish, klubda rahbar va murabbiy vakolatlarini tartibga keltirish, yosh futbolchilar yetishtirishga yanada jiddiy e’tibor qaratish, VAR tizimini hamda translyatsiyalar sifatini takomillashtirish masalasida texnik ta’minotni kuchaytirish vazifasi qo‘yildi. Stadionlarning yoritish uskunalarini to‘laqonli jahon standartlariga moslash ishlarini yakuniga yetkazish belgilandi.

Kelayotgan 2023 yilda muxlislarda futbolimizga bo‘lgan ishonch va qiziqishni oshirish, sifatli, tomoshabob futbol orqali homiylarni jalb etib, klublarni xususiylashtirishga bosqichma-bosqich erishish zarurligi ta’kidlandi.

O‘FA matbuot xizmati.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘FA rahbariyati klublar vakillari bilan uchrashdi. Unda qanday masalalar ko‘tarildi?