Foto: Reuters
Bugungi ko‘rinishdagi futbol tarixi bir asrga yaqinlashdi, demak, afsonalar ham o‘ziga yarasha ko‘p. Ammo e’tibor berganmisiz, ba’zi yulduzlarga nisbatan «futbol afsonasi» ta’rifi ishlatilmaydi. Shunchaki, afsona, deyiladi.
Misol uchun Messi yoki Ronaldu futbolni tark etsa, ularning maydondagi ajoyib harakatlarini, gollarini sog‘inamiz. Qo‘msaymiz. Ammo Maradona deganda faqat o‘sha mashhur gollari emas, fikrlarini, yuqoridagi kabi iqtiboslarini ham tushunamiz, ko‘proq eslaymiz. Shu tomondan qaraganda, Maradona nafaqat futbol afsonasi...
Bir paytlar, «Chempion» gazetasida «Moziy yulduzlari» degan ruknni yuritardim. Har hafta uzoq va yaqin o‘tmishning bir yulduzi haqida hikoya qiluvchi bu rukn qahramonlarini o‘zim tanlar, Bobbi Charlton, Bakkenbauerlardan tortib Yohan Kroyf, Platinilargacha navbati bilan yozganman.
Ammo ikki qirol - Pele va Maradona haqida hech qachon yozmaganim, o‘zimga ham qiziq tuyuladi. Bilmadim, qo‘lim bormagan. Qo‘rqqandirman. Bu ikkisi haqida juda ko‘p yozish kerakki, sahifalarga sig‘maydi. Yoki umuman yozmaslik kerak. Nima ham yozish mumkin axir, bu shaxsiyatlarning hayoti, faoliyati futboldan ham buyukroq...
Foto: Reuters
Bu ikki shaxs futbol orqali tanilmadilar, aksincha, futbolning shu darajaga chiqishida muhim rol o‘ynadilar.
Diyego Maradona. Isyonkor. Doim tizimga nisbatan isyon qilib kelgan. Pele haq bo‘lishni o‘rgatgan bo‘lsa, Maradona futbol orqali, inson doim o‘z haqiqatlari uchun kurashish kerakligini ko‘rsatib bergan. Futbolni maydondan tashqariga chiqargan.
«Men narkotik qabul qilib, raqiblarga yordam berganman, tasavvur qil, agar shunday bo‘lmaganda qay darajada futbolchi bo‘lardim?» - degandi bir kuni Diyego.
Go‘yoki, bu giyohvandliklikka targ‘ibotdek tuyuladi, yo‘q, unday emas. U futboldan tashqari ham hayot borligini, inson o‘z qobig‘ida, sovrin va gollar ichida, odamlarning gap-so‘zlari doirasida qolib ketmaslikka chaqirardi. Uning haqiqati shu ekan, noto‘g‘ridir, ammo siz ham o‘z haqiqatingizni toping va u uchun kurashing - mana, uning missiyasi.
Foto: Reuters
Bu ikki tirik g‘oya hech qachon o‘lmaydigandek tuyulardi menga...
Agar Diyegoni Mayk Taysonga qiyolasak, Peleni Muhammad Aliga mengzash mumkin.
Pele mukammal futbolchi bo‘lgan va bu futbol rivoji uchun juda muhim edi.
Dunyoni zabt etishi mumkin bo‘lgan har qanday g‘oya rivojlanish bosqichida mukammal namunaga, hamma intilishi lozim bo‘lgan obrazga ehtiyoj sezadi. Futbolning butun insoniyat e’tiborini o‘ziga qaratishni boshlagan paytlarda Pele siymosi namoyon bo‘lgandi.
Futbolni qanday boshlash kerak, qanday tugatish kerak, qanday o‘ynash kerak, qanday targ‘ib qilish kerak, umuman har jabhada namuna bo‘la olganki, uni hech kim takrorlay olmasa-da, intilish mumkin. Muvaffaqiyatlarni qanday yashab o‘tish kerak, mag‘lubiyatdan so‘ng nima qilish lozim, u hammasini bilardi. Uning bashoratlaridan boshqa futbolda har ishi to‘g‘ri edi.
Foto: Reuters
Doim o‘yin oldidan hakamlar uning egilib butsa ipini bog‘lashini kutishar, aytishlaricha, u hayotidagi ilk sevgilisi va keyinchalik rafiqasi Rozmariga «har o‘yindan oldin qara, senga ta’zim qilaman» deb aytib qo‘ygan ekan.
Inglizlar futbolni kashf etgan bo‘lsa, Pele u bilan qanday yashashni ko‘rsatib qo‘ydi.
Qahramon Aslanov
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...