
Futbol bo‘yicha Angliya Premer Ligasining 19-turidan o‘rin olgan qator o‘yinlar 4 yanvar, chorshanba kuni bo‘lib o‘tdi.
«Tottenhem» «Kristal Pelas» maydoniga safar qildi va 4:0 hisobida zafar quchdi. «Shporlar» safida Harri Keyn dubl qayd etgan bo‘lsa, Son Hyon Min va Mett Doerti o‘z hisobiga bittadan gol yozdirib qo‘ydi.
Antonio Konte jamoasi ochkolarini 33 taga yetkazdi va 5-pog‘onani band etdi.
«Kristal Pelas» — «Tottenhem» 0:4
Gollar: 0:1 – 48 Keyn, 0:2 – 53 Keyn, 0:3 – 68 Doerti, 0:4 – 72 Son Hyon Min.
«Kristal Pelas»: Guaita, Klayn, Andersen, Gexi, Uord, Shlupp (Mateta, 61), Eze (Xyuz, 74), Dukure, Olise (Eduar, 73), Ayyu, Zaa.
«Tottenhem»: Loris, Doerti (Emerson, 78), Dayer, Langle (Devis, 86), Romero, Perishich (Uayt, 86), Hyoyberg, Skipp (Sarr, 66), Son Hyon Min, Keyn, Xil (Sessenon, 77).
Ogohlantirishlar: Skipp (42), Shlupp (61), Xil (77).
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
«Sauthempton» — «Nottingem Forest» 0:1
Gol: 0:1 – 27 Avoniyi.
«Lids» — «Vest Hem» 2:2
Gollar: 1:0 – 27 Nonto, 1:1 – 45 Lukas Paketa (penalti), 1:2 – 46 Skamakka, 2:2 – 70 Rodrigo.
«Aston Villa» — «Vulverhempton» 1:1
Gollar: 0:1 – 12 Podense, 1:1 – 78 Ingz.
FutbolAngliya Premer LigaTottenhemKristal PelasHarri KeynSon Hyon Min O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar