17:05 / 08.01.2023
318

Oston O‘runov "Navbahor" bilan xorij yig‘iniga jo‘nab ketgan. Futbolchi klubda qoladimi?

Oston O‘runov "Navbahor" bilan xorij yig‘iniga jo‘nab ketgan. Futbolchi klubda qoladimi?
O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Oston O‘runov ancha vaqtdan beri jamoasiz. U 2022 yilning kuzida erkin agentga aylangandi.

Futbolchi shundan so‘ng "Navbahor"ga kelib sport formasini ushlab turish maqsadida “lochinlar” lagerida mashg‘ulot o‘tkazayotgandi. U bir necha kun avval "Navbahor" bilan birga Turkiyaga jo‘nab ketdi. Ko‘pchilik uning "lochinlar" a’zosiga aylanishi borasida fikr bildirmoqda. Ammo bu O‘runov klub bilan shartnoma imzolaydi, degani emas.

Oston Turkiyada xorij klublarining ko‘rigida bo‘ladi. Katta ehtimol Rossiya jamoalarida. O‘sha yerda Oston O‘runov yangi jamoasiga ega bo‘lishi mumkin.

2022 yilning yozida "Navbahor" tomonidan futbolchiga qiziqish bo‘lgandi. Biroq uning maoshi sabab kelishuv amalga oshmagandi. Ostonning "Spartak" klubida yiliga 600 ming yevro maosh olgan. Namanganliklar esa unga yiliga 100 ming yevro maosh berishga tayyorligini bildirgan. Ammo Oston ijaraga ketgan taqdirda ham maoshi qisqartirilishini istamayagan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Oston O‘runov "Navbahor" bilan xorij yig‘iniga jo‘nab ketgan. Futbolchi klubda qoladimi?