
Portugaliyalik iste’dod sohibi Joau Felish faoliyatini "Tumanli Albion"da davom ettiradi.
"The Athletic" nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, u "Chelsi" safiga ko‘chib o‘tadi. Londonliklar ushbu transfer uchun "Atletiko" hisob raqamiga 11 million yevro to‘laydi. U mavsum so‘ngiga qadar APLda ijara asosida to‘p tepadi. Tomonlar kelishuvga erishgan, rasmiy xabar tez orada e’lon qilinadi.
Avvalroq, Joauning xizmatiga "Arsenal" hamda "Manchester Yunayted"dan qiziqish borligi xabar qilingandi. Ammo ma’lum bo‘lishicha, hujumchiga "Chelsi" loyihasi ko‘proq ma’qul kelgan.
23 yoshli futbolchi madridliklar libosida 2019 yildan beri harakat qilib keladi. Uning transferi 50 million yevroga baholanmoqda.
Joau FelishTumanli AlbionChelsi transferAPL ijaraArsenal qiziqishManchester Yunayted O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar