
Professional boksning super o‘rta vazn toifasida (76,2 kg) faoliyat olib borayotgan hamyurtimiz Bektemir Meliqo‘ziyev (10-1, 8KO) 28 yanvar kuni jang o‘tkazishi haqida ma’lumot bergan edik.
Amerika Qo‘shma Shtatlarining Kaliforniya shtatida joylashgan "You Tube Theatre" arenasida, Golden Boy kompaniyasi tomonidan o‘tkaziladigan mazkur oqshomda Meliqo‘ziyevga amerikalik Ulises Siyerra (17-2-2, 10KO) raqiblik qiladigan bo‘ldi. Jang super o‘rta vaznda vakant bo‘lib turgan WBA Continental Americas mintaqaviy kamari uchun bo‘lib o‘tadi. Bundan ma’lumki, ushbu to‘qnashuv orqali Meliqo‘ziyevni WBA reytingida kuchlilar safiga qaytarish reja qilingan.
Kechaning markaziy bahsida Aleksis Roxa o‘ziga tegishli bo‘lgan NABO kamarini Entoni Yangdan himoya qiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar