11:33 / 18.01.2023
202

"Metallurg" o‘z tarkibini ikki legioner va mahalliy futbolchilar bilan kuchaytirdi

"Metallurg" o‘z tarkibini ikki legioner va mahalliy futbolchilar bilan kuchaytirdi
Yangi mavsumga qizg‘in hozirlik ko‘rayotgan Bekobodning “Metallurg” jamoasi o‘z tarkibiga bir futbolchini qo‘shib olganini e’lon qildi. Unga ko‘ra, Filip Stamenkovich, Marko Obradovich, Abdujalil Manazarov hamda Rial Islomov endi bekobodliklar sharafini himoya qiladi.

Stamenkovich 24 yoshda. “Vojdovas” futbol klubi tarbiyalanuvchisi. Professional futbolchilik faoliyatini 2017 yili Belgradning “Radnichki” jamoasida boshlagan. Keyinchalik Vranening “Dinamo” (2019-2020), Chayetinaning “Zlatibor” (2020-2021) hamda Moskvaning “Veles” (2021-2022) jamoalarida harakat qilgan.

Filip Stamenkovich – 24 yoshda, 1998 yilning 15 sentyabr sanasida tug‘ilgan
Tug‘ilgan joyi – Nish shahri, Serbiya
Bo‘yi – 191 sm
Vazni – 83 kg
Ampluasi – himoyachi.

2020 yilgi mavsum “Neftchi” klubi tarkibida Pro liga bahslarida ishtirok etib, jamoa to‘purari bo‘lgan Marko Obradovich “Metallurg” bilan shartnoma imzoladi. Serbiyalik futbolchi yangi mavsumda bekobodliklarning hujum chizig‘ini kuchaytirishi kutilyapti.

O‘smirlik chog‘ida Serbiyaning “Zemun” (2008) hamda “Partizan” (2009) futbol klubi maktabida tahsil olgan Marko katta futbolga Belgiyaning “Eypen” jamoasi orqali kirib keldi. Ushbu jamoani 44 ta o‘yinda 11 ta goli bilan kuchlilar safiga qaytishiga yordam bergach Obradovichga “Seran” klubi qiziqish bildirdi. 2013-2017 yillar mobaynida esa Bosniyaning “Radnik” jamoasida to‘p tepdi. 2017 yilning yozida esa u Qozog‘istonning “Aktobe” jamoasi a’zosiga aylandi. Shundan so‘ng uning sobiq Ittifoq mamlakatlaridagi futbolchilik faoliyati boshlandi. Rossiya Federatsiyasining “Yenisey” (2018), Belarusning “Torpedo-BelAZ” (2019), Qozog‘istonning “Oqjetpes” (2020) va Farg‘onaning “Neftchi” (2021) klublarida o‘ynadi.

2005 yildan 2008 yilgacha Serbiya o‘smirlar (U16) va yoshlar (U17) terma jamoasida o‘ynagan bo‘lsa, 2010 yili Chernogoriya (U19) yoshlar terma jamoasiga jalb etildi.

Marko Obradovich – 31 yoshda, 1991 yilning 30 iyun sanasida tug‘ilgan
Tug‘ilgan joyi – Belgrad, Serbiya
Bo‘yi – 187 sm
Vazni – 83 kg
Ampluasi – hujumchi.

Bekobodning “Metallurg” jamoasi yarim himoya chizig‘ini kuchaytirish, raqobatni oshirish maqsadida Jizzaxning “So‘g‘diyona” jamoasi o‘yinchisi Abdujalil Manazarov bilan shartnoma imzoladi.

Abdujalil 24 yoshda. O‘tgan mavsumni “So‘g‘diyona” tarkibida o‘tkazgan Manazarov uchta frontda – O‘zbekiston chempionati, kubogi hamda OFK kubogi musobaqalarida bahs yuritib, katta tajriba to‘pladi. Mamlakat chempionatida 13 ta uchrashuvda maydonga tushdi va raqib darvozasiga 1 ta gol kiritdi, 4 bor sariq kartochka bilan jazolandi. E’tiborli jihati uning yagona goli “Metallurg” bilan bo‘lgan uchrashuvda kiritilgan bo‘lib, bu gol “So‘g‘diyona”ni mag‘lubiyatdan qutqarib qololmagan. O‘zbekiston kubogi hamda OFK kuboklarida esa 5 tadan o‘yinda qatnashgan hamda 1 ta gol kiritgan.

Abdujalil Manazarov – 24 yoshda, 1998 yilning 12 oktabr sanasida tug‘ilgan.
Tug‘ilgan joyi – Farg‘ona viloyati
Bo‘yi – 181 sm
Vazni – 73 kg
Ampluasi – yarim himoyachi.

“Paxtakor” hamda O‘zbekiston U20 terma jamoasi a’zosi, iqtidorli yarim himoyachi Rian Islomov yangi mavsumdan e’tiboran “Metallurg” sharafini himoya qiladigan bo‘ldi. Rian bilan jamoa ikki yillik shartnoma imzoladi.

Farg‘ona futboli tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Rian Islomov 19 yoshda. “Neftchi” U19 jamoasidagi faoliyatidan so‘ng, o‘tgan mavsum “Paxtakor” U21 jamoasiga o‘tib, O‘zbekiston birinchiligi bahslarida maydonga tushdi. O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi tarkibidagi 3 ta o‘yinida raqiblari darvozasini 2 marta aniq nishonga oldi.

Rian Islomov – 19 yoshda, 2004 yil 11 fevral sanasida tug‘ilgan
Tug‘ilgan joyi – Farg‘ona viloyati
Bo‘yi – 180 sm
Vazni – 71 kg
Ampluasi – yarim himoyachi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Metallurg" o‘z tarkibini ikki legioner va mahalliy futbolchilar bilan kuchaytirdi