
"An-Nasr" bosh murabbiyi Rudi Garsiya kechagi "Al-Ittihod"ga qarshi mag‘lubiyat(1:3)dan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
"Birinchi bo‘limda Krishtianu qulay yaxshi vaziyatni ko‘kka sovurdi. Shundan 28 soniya o‘tib, "Al-Ittihod" ikkinchi golni urdi. Bu o‘yindagi natijaga ta’sir qildi.
Raqibni tabriklayman. Ular ilk taymda bizdan yaxshi o‘ynadi. Ikkinchi bo‘limni yaxshi o‘tkazdik. Biroq natijaga erisha olmadik.
Superkubokni boy berganimizdan afsusdaman. Shunga qaramay, chempionatda hamon 1-o‘rindamiz", - dedi mutaxassis. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar