Rossiya Premer-ligasi klublarida o‘zbek futboli tarbiyalanuvchilariga doim qiziqish bo‘lgani ayni haqiqat. Ayniqsa, Eldor Shomurodov bu ligada porlab, kuchli beshlik chempionatlaridan biri – A Seriyaga yo‘l olgani o‘zbek futbolchilari uchun Rossiyaga yo‘lni kengaytirib berdi.
Hozir ham Rossiya jamoalarida Ibrohimxalil Yo‘ldoshev, Vagiz Galiulin, Hojimat Erkinov to‘p termoqda. Ular qatoriga Rustam Ashurmatov, Ruslan Jiyanov va Umarali Rahmonaliyev qo‘shildi.
Biroq, keyingi yillarda rus zaminiga qadam bosgan eng talantli o‘yinchilarimiz orasida Jasur Jaloliddinov va Oston O‘runovning Rossiya jamoalaridagi faoliyatini muvaffaqiyatsiz chiqmadi.
Jaloliddinovga “Lokomotiv” va “Tambov”da o‘zini ko‘rsatish uchun hech qanday imkoniyat berilmagan bo‘lsa-da, Oston O‘runov bir porladiyu tez so‘ndi.
O‘zbekistonning eng iqtidorli o‘yinchilaridan biri sifatida e’tirof etilgan O‘runovning legioner sifatidagi faoliyati juda tez so‘nggani hamon muhokama qilinmoqda. Rossiyaning “Match TV” kanali jurnalistlari O‘runovning transferlarida hal qiluvchi rolni o‘ynagan Shamil Gazizovdan bu masalaga oydinlik kiritishini so‘radi.
Ayni paytda Shamil Gazizov O‘runovning birinchi jamoasi – “Ufa”da bosh direktor vazifasida ishlamoqda.
- O‘runov hozir jamoasiz yuribdi. Nega bu ahvolga tushib qoldi?
- O‘zini yo‘qotib qo‘ydi. Katta maoshni boshqara olmadi. Futbol nuqtai nazaridan O‘runovda hammasi joyida, psixologiya bo‘yicha bunday emas. O‘zbekistonda ichki g‘alayonlarini bosa olsa, yana o‘zini ko‘rsata oladi.
- Qaysi klubda?
- “Navbahor” haqida eshitdim.
- O‘runov so‘nib qolishidan oldin, mana shunday muammolarga duch kelishini taxmin qilish mumkinmidi?
- Buning imkoni yo‘q edi. Meni u bilan bo‘lgan voqealar hayratga soldi. Jismoniy, texnik va taktik tomondan Oston juda zo‘r. Unga kovid, kichik jarohatlar yoki katta pullar salbiy ta’sir qildimi, buni aniq aytish qiyin.
Hammasi yaxshilik bilan yakun topishiga umid qilib qolamiz.
Darhaqiqat, Oston O‘runov Rossiya Premer-ligasida ikki yil davomida “Ufa”, “Spartak” va “Ural” jamoalarida to‘p tepdi. Ayni paytda 22 yoshli yarim himoyachi erkin agent maqomida yuribdi. Shunga qaramay, O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanes iste’dodli o‘yinchiga ishonch bildirib, uni o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari va o‘rtoqlik uchrashuvlariga jalb qilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi