
Professional bokschimiz Bektemir Meliqo‘ziyev o‘zining navbatdagi jangini Toshkent vaqti bilan 29 yanvar tongida, Amerika Qo‘shma Shtatlarining Kaliforniya shtatida joylashgan "You Tube Theatre" arenasida, Golden Boy kompaniyasi tomonidan o‘tkaziladigan mazkur oqshomda o‘tkazadi.
Mazkur oqshomda Meliqo‘ziyevga amerikalik Ulises Siyerra (17-2-2, 10KO) raqiblik qiladi. Jang super o‘rta vaznda vakant bo‘lib turgan WBO Global mintaqaviy kamari uchun bo‘lib o‘tadi.
Bokschilar ushbu bahs oldidan vazn o‘lchash va Face to Face marosida ishtirok etdi. Unga ko‘ra, Meliqo‘ziyev 76 kg natija qayt etgan bo‘lsa Siyerra 75,9 kg tosh bosdi.
BokschiBektemir Meliqo‘ziyevAmerika Qo‘shma ShtatlariKaliforniya ShtatiVazn O‘lchashSuper O‘rta Vazn O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar