Belarus chempionatida “Energetik-BGU” safida to‘purarlik mahoratini ko‘rsatib, katta mashhurlikka erishgan Bobur Abduxoliqovning yangi mavsumni qaysi klubda boshlashi muxlislarni qiziqtirayotgani rost.
Futbolchi Turkiyaning Antaliya shahriga yetib keldi va bugun “Ordabasi” mashg‘ulotiga qo‘shildi. Qozog‘istonning amaldagi Kubok sohibi hisoblangan “Ordabasi” anchadan beri futbolchimizga jiddiy qiziqish bildirib kelayotgandi. Lekin Abduxoliqovni “Nasaf”ga qaytish varianti ham yo‘q emasdi. Chunki u sobiq jamoasining qishki mashg‘ulotlarida ham ishtirok etgandi.
Biroq futbolchining agentlari qozoq klubi bilan bir to‘xtamga kelganga o‘xshaydi. “Ordabasi” tarkibida o‘tgan yili ikki hamyurtimiz - Odil Abdumajidov bilan Shahboz Umarov to‘p surganini yaxshi bilasiz. Yaqinda Abdumajidov “Olimpik” klubiga o‘tdi.
Bundan tashqari, Antaliyada bo‘lib turgan Sports.uz jurnalisti Shuhratbek Jo‘rayevning ma’lum qilishicha, “Ordabasi” “Nasaf”ning yetakchilaridan biri Sherzod Nasrullayevga ham ko‘z tikmoqda. Ayni chog‘da esa bu futbolchi qarshiliklar bilan birga Antaliya yig‘inida qatnashyapti. Bizningcha, “Nasaf” Nasrullayevni bu klubga qo‘yib yubormasa kerak. Ammo qozog‘istonliklarning qiziqishi jiddiyga o‘xshayapti.
Darvoqe, Abduxoliqov Antaliyada sobiq jamoasi – “Nasaf”ga qarshi maydonga tushadi. Boisi, 13 fevral kuni aynan ikkala klub o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi belgilangan va bu qarshiliklarning Antaliya yig‘inidagi so‘nggi nazorat bahsi hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...