WBA reytingiga ko‘ra professional bokschilarimiz o‘rinlari bilan tanishing

Professional boks tayanch tashkilotlaridan biri bo‘lgan Jahon boks assotsiatsiyasi (WBA) yanvar oyi yakuniga ko‘ra yangilangan reytingini e’lon qildi. Unda o‘zbek bokschilari quyidagi o‘rinlarda qayd etilgan:
Super o‘rta vazn (76,2 kg): Bektemir Meliqo‘ziyev reytingga kiritilib, 12-o‘ringa joylashtirildi;
Super yarim o‘rta vazn (69,8 kg): Isroil Madrimov 1-o‘rin;
Super yengil vazn (63,5 kg): Shohjahon Ergashev 8-o‘rin, Botir Ahmedov 3-o‘rinda;
Yarim yengil vazn (57,1 kg): Otabek Xolmatov 2-o‘rin;
Super yarim yengil vazn (58,9 kg): Elnur Abduraimov 15-o‘rin;
Birinchi yarim yengil vazn (55,3 kg): Murodjon Ahmadaliyev jahon chempioni sifatida reyting yuqorisida;
Minimum vaznda (47,6 kg) qayd etilgan Hasanboy Do‘smatov 2-o‘rinda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing