«Pari Sen-Jermen» va Argentina terma jamasi forvardi Lionel Messi Qatar-2022dagi g‘alabaga qadar bosib o‘tilgan yo‘lni esga oldi.
«Jahon chempionatida g‘alaba qozonishni qanchalik istagandim? Juda. Oldingi jahon chempionatlari, zafarga bir qadam qolganda men boy bergan 2014 yilgi mundial, terma jamoadagi uzoq faoliyatdan so‘ng, nihoyat uddaladim.
Mundialdagi g‘alabagacha yo‘l ko‘plab yo‘qotishlar, mag‘lubiyatlar, og‘ir damlardan iborat bo‘ldi. Hammasini boshdan o‘tkazdim. Fantastik tarix», — Messidan iqtibos keltirdi Ole.
Eslatib o‘tamiz, Qatar-2022 finalida 18 dekabr kuni Argentina Fransiyani yengib, yangi chempionga aylandi. Asr finaliga aylangan o‘yinning asosiy vaqti 2:2 hisobida tugagan, qo‘shimcha vaqtlarda tomonlar bittadan gol urgan, o‘yindan keyingi penaltilar seriyasida argentinaliklarning omadi chopgandi (4:2).
Lionel Messi Qatar-2022ning eng yaxshi futbolchisi deb topilgandi.
Darvoqe, JCH-2022 finali — Argentina-Fransiya uchrashuvi bugun soat 21:00 da «Sport» telekanalida takroran namoyish etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?