07:15 / 05.02.2023
306

"Ko‘plab o‘zbek futbolchilarini kuzatib bordik". Antaliyada Rossiya terma jamoasining sobiq futbolchisi

"Ko‘plab o‘zbek futbolchilarini kuzatib bordik". Antaliyada Rossiya terma jamoasining sobiq futbolchisi
Rossiya terma jamoasini sobiq futbolchisi Aleksandr Samedovni yaxshi bilsangiz kerak-a? “Spartak”, “Lokomotiv”, “Dinamo”, “Krilya Sovetov” singari klublarda to‘p surgan va qator yutuqlarni qo‘lga kiritgan. 2011-2018 yillar mobaynida Rossiya terma jamoasida o‘ynagan.

Antaliyadagi safarimiz chog‘ida Samedovni uchratib qoldik. Aniqrog‘i, “Andijon”ning “Fakel”ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida Aleksandr Sergeyevich bilan ko‘rishdik va o‘yindan so‘ng suhbatlashishga kelishib oldik. Bunda “Fakel” matbuot xizmati bu borada bizga yordam ko‘rsatgani uchun minnatdorchilik bildiramiz.

- Aleksandr Sergeyevich, sizni yaxshi bilamiz, futbolchilik paytingiz hamon yodimizda. Sizni “Fakel” klubida uchratib qolganimizdan xursandmiz. Jamoada qanday lavozimda ishlayapsiz?
- Men “Fakel” jamoasida seleksiya ishlari bilan shug‘ullanyapman.

- Sizni murabbiylardan biri bo‘lsa kerak, deb o‘ylagandim...
- Yo‘q. Murabbiylik haqida o‘ylaganim ham yo‘q.

- “Andijon”ga qarshi o‘yin sizga yoqdimi?
- Yaxshi o‘yin bo‘ldi va yaxshi mashg‘ulot. Ikkala jamoa uchun futbolchilarning tayyorgarliklarini ko‘zgan kechirdik. Ko‘plab vaziyatlarda xatolar bo‘ldi. Asosiysi, aqlli futbol ko‘rsatishdi.

- Raqib qanday taassurot qoldirdi?
- Yaxshi jamoa ekan. Texnik tomonlama va ayniqsa to‘p bilan juda yaxshi harakat qilishdi. Bir so‘z bilan aytganda, yaxshi taassurot qoldirdi.

- Rossiya chempionatida qator legionerlarimiz to‘p surishgan va hozir ham ulardan ayrimlari faoliyat olib bormoqdalar. Siz ko‘proq qaysi futbolchilarimizni alohida aytgan bo‘lardingiz?
- Men Vitaliy Denisov bilan “Lokomotiv”da birga o‘ynaganman. O‘zbek futbolida afsona futbolchilaridan biri. Yaxshi ximoyachi. Eldor Shomurodov o‘z o‘yinlari bilan Yevropani lol qoldirishga harakat qilmoqda. Yuqori klassdagi futbolchilar hisoblanadi.

- Bilasizmi, Denisov hozir O‘zbekiston chempionatda o‘ynayapti.
- Ha, juda yaxshi aloqamiz bor. Bilganim shuki, u hozir jamoasini o‘zgartirgan. O‘zbek futbolining eng yaxshi o‘yinchilaridan biri sanaladi.

- Shomurodov haqida fikringiz qiziq. U “Rostov”dan “Jenoa”ga va u yerdan “Roma”ga o‘tdi. Faoliyatida bosqichma-bosqich qadam tashlayotgandi. Shomurodovning “Spetsiya”ga ketgani orqaga tashlangan qadam emasmi?
- Shomurodov hozir Yevropada o‘zini ko‘rsatmoqda. Mashhur “Roma” jamoasida tajribasini orttirdi. Maydonga tushirgan o‘yinlarida o‘zini ko‘rsatishga va gollar urishga harakat qilib, bu orqali Joze Mourinoning ishonchini qozondi. O‘zbekistonda shunday yaxshi o‘yinchilar bor, albatta. Har qanday holatda ham uning Yevropada ekanligi oldinga tashlangan qadam.

- Yuqorida seleksiya ishlari bilan shug‘ullanayotganingizni aytib o‘tdingiz. O‘zbek futbolchilari orasida ko‘z ostingizga olib qo‘yganlaringiz ham bormi?
- (Kuladi) Nima uchun yo‘q?

- Sir bo‘lmasa kimlar?
- Familiya bo‘yicha hech kimni ayta olmayman. Lekin albatta yaxshi o‘yinchilar bor. Ko‘plab o‘zbek futbolchilarini kuzatib bordik. Balki kelajakda kimnidir chaqirarmiz.

- O‘zbek futboli haqida yana nimalarni bilasiz? Do‘stlaringiz ham bor-a?
- Andrey Vitalevich Fyodorov va Vitaliy Denisov bilan aloqamizni aytib o‘tdim. Doim gaplashib turamiz. Eslaganim hozircha shular.

- Terma jamoamizni ham kuzatib turasizmi?
- Ha Rosiiya bilan o‘yinni tomosha qildim. Yaxshi jangovor va durangbop o‘yin bo‘ldi.

Shuhratbek Jo‘rayev.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Ko‘plab o‘zbek futbolchilarini kuzatib bordik". Antaliyada Rossiya terma jamoasining sobiq futbolchisi