Boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi (U22)Osiyo chempionatida -75 kg vazn toifasida barcha raqiblarini mag‘lub etib, qit’a chempionligini qo‘lga kiritgan A’loxon Abdullayevni bemalol kelajagi porloq bokschilar sarasiga qo‘shsak bo‘ladi. Zero, u o‘smirlar, yoshlar va mana endi kattalar o‘rtasidagi musobaqalarda ham yaxshi natijalar qayd etmoqda. Biz ushbu yosh iste’dod egasi bilan suhbat uyushtirdik.
- Avvalo, nvbatdagi muvaffaqiyatingiz ya’ni, yoshlar o‘rtasidagi (U22) Osiyo chempionati g‘olibligi bilan muborakbod etamiz!
- Rahmat. E’tibor uchun xursandman.
- Keling boshidan boshlasak, siz o‘zbek MMA olamining ancha mashhur vakili, ilk “qaldirg‘och”laridan biri Ayubxon Kamolovning o‘g‘li bo‘lasiz. Ayting-chi, nega otangiz kabi MMA yoki samboni emas, boksni tanlagansiz?
- To‘g‘risi, yoshligimizdan boksga qiziqqanligimiz sababli, otamiz ham ushbu sport turi bilan shug‘ullanishimizni istagan. Lekin o‘z sport turidan ham mashg‘ulotlar o‘tab turadi.
- Demak, dastlabki murabbiyingiz otangiz...?
- Ha, albatta.
- Ayubxon Kamolovning eng kuchli jihati kurash edi. Ehtimol, sizga ham bu borada iqtidor o‘tgandir? :)
- Albatta, otamizning kuchli jihatlaridan bizga ham o‘tgan desak bo‘laveradi. :)
- Siz o‘smirlar, yoshlar va kattalar o‘rtasida bir qator natijalar qayd etgansiz. Keling shunga alohida-alohida oydinlik kiritsak?
- O‘smir va yoshlar o‘rtasida Osiyo chempioni, yoshlar o‘rtasida jahon chempionati bronza medali sohibi, kattalar o‘rtasida O‘zbekiston chempioni, turli xil xalqaro turnirlar g‘olibi va sovrindori bo‘lganman. Biroq, bularning bari boshlanishi xolos. Nasib qilsa, yanada yaxshi natijalar qayd etishga harakat qilamiz.
- Umuman dastlabki rasmiy musobaqada qaysi vaznda ishtirok etgansiz?
- Yoshligimda -48 kgda boshlaganman. Keyinchalik -54, -60 kg vaznda ham musobaqalarda ishtirok etganman. Hozirga kelib, -75 kgda harakat qilayapman.
- 69 kg vazndan - 75 ga ko‘tarildingiz bu nima bilan bog‘liq, shunchaki vazn qilishga qiynaldingizmi yoki o‘zingiz xohladingizmi?
- Shu vazn qilish borasida muammolar yuzaga keldi. Shuning uchun -75 ga ko‘tardik.
- Faoliyatingiz mobaynidagi eng alamli mag‘lubiyatingiz haqida so‘z yuritsangiz?
- 2022 yilgi O‘zbekiston chempionatining yarim final jangidagi mag‘lubiyatimni aytgan bo‘lardim.
- Bilasizmi, sizni uslubingizni Bektemir Meliqo‘ziyevnikiga ham o‘xshatadiganlar bor. Bu fikrga qanday qaraysiz?
- Bu haqida juda ko‘pchilikdan eshitganman. Albatta, Bektemir akamizga havas qilganmiz, u kabi harakat qilishga intilamiz. Uslublarimizda o‘xshashlik bor, deb aytsam ham bo‘ladi.
- Professional boksda ham faoliyatingizni boshlagandingiz. Bu davom etadimi?
- Qisqa muddat professionalda ham ikkita jang o‘tkazdik. Nasib qilsa, havaskor boksda Olimpiada, jahon chempionatlarida natija qilib, yana profida ham janglar o‘tkazamiz, degan niyatdaman.
- Faoliyatingiz mobaynida Bobousmon Baturov, Saidjamshid Jafarov, Azizbek Tojiyev, Kamronbek Turg‘unboyev, Abdulaziz Abdupattayev, Login Petrov kabi ko‘zga ko‘ringan bokschilar bilan to‘qnash kelgansiz. Ular orasida qay biri rostmana siz uchun eng noqulayi bo‘lgandi va qay birining zarbasi kuchli?
- Barchasi yaxshi va kuchli bokschilar hisoblanadi. Biroq, ular orasida Login Petrov men uchun anchagina noqulay va zarbalari ham juda kuchli. U bilan raqiblik faqatgina ringda bo‘ladi. Aslida, qalin do‘stmiz. U boshqacha bokschi!
- Baribir havaskor yo‘nalishda Olimpiada birinchi raqamli turnir hisoblanadi. To‘rt yillikning eng nufuzli turniridan esa -71 kg vazn toifasi o‘rin olgan...?
- Nima demoqchi bo‘lganligingizni tushundim. Bunga qadar, hali vaqt bor. Ko‘ramiz, qaysi vazn toifasida urushamiz...
- Suhbat uchun tashakkur. Kelgusi faoliyatingizga omad tilaymiz!
- Rahmat! “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin