23:57 / 11.02.2023
1 245

“Spetsiya” bosh murabbiyi: Boshqacha bo‘lganida, Shomurodovni 90 daqiqa o‘ynatmasdim!

“Spetsiya” bosh murabbiyi: Boshqacha bo‘lganida, Shomurodovni 90 daqiqa o‘ynatmasdim!
Eldor Shomurodov “Empoli”ga qarshi o‘tkazilgan safar uchrashuvida maydonda to‘liq harakat qildi. Aslida legionerimiz Italiya chempionatida 90 daqiqa o‘ynamaganiga ancha bo‘lgan edi.

Uchrashuv “Spetsiya” uchun muvaffaqiyatli boshlangan bo‘lsa-da, liguriyaliklar ikki to‘p farqi bilan oldinda borgan bellashuvda g‘alabani qo‘ldan chiqardi. Murosasiz o‘tgan bahs 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

O‘yindan keyin “Spetsiya” bosh murabbiyi Luka Gotti uchrashuv haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

- Men A Seriyani juda yaxshi bilaman va oldinda borayotganimizda o‘yin tugadi, degan fikr xayolimga ham kelmagan. Birinchi bo‘limda biz ikki to‘p farqi bilan oldinda borayotgan edik va maydonda bitta ko‘p o‘yinchimiz bor edi. Asosiy e’tiborni ustunlikni ushlab qolish va “Empoli” darvozasiga uchinchi to‘pni kiritishga qaratdik.

Ikkinchi bo‘lim boshida maydondagi futbolchilar soni tenglashdi. Ungacha, “Empoli” bizga imkoniyatni boy berayotgan edi. Chetlatish ta’sirida o‘yin o‘zgarib ketdi.

A Seriyaning o‘ziga xos xususiyatlari bor. Ayrim vaziyatlarni ushlab qolish uchun ko‘proq tahlil qilishga to‘g‘ri keladi. Bizning muammomiz hamma o‘yinchilardan ham foydalana olmayotganimizda. Bu holat tezroq tugaydi, deb umid qilamiz.

Gyassini Xolmga almashtirishimizning ahamiyati katta edi. Shved futbolchisi hali o‘zining ustunligi bo‘lgan sprintlarni amalga oshirish uchun to‘liq tayyor emas. Uni uchinchi golni urish uchun tushirdik. Lekin Xolm uchrashuvga kirishib keta olmadi. O‘zini yetarli darajada yaxshi his qilmadi.

Men Xolmning imkoniyatlaridan kengroq foydalanishni ko‘zlagan edim. Yakuniy zarbani berish uchun aynan uni tanlagandim.

Eldor Shomurodov anchadan beri endi 90 daqiq o‘ynaganiga qaramay, oxirigacha kurashdi. Shomurodov oldinga qarab yana bir qadam tashladi. Eldor jamoaga qay darajada yordam berishga qodirligini hamma tushinib yetdi. Bugungi o‘yin bu yo‘nalishdagi yana bir muhim qadam bo‘ldi. Agar boshqacha bo‘lganida, men uni 90 daqiqa o‘ynatmas edim.

Uchrashuvning burilish nuqtasi Salvatore Espozitoning chetlatilishi bo‘ldi. U bir necha daqiqa ichida ikki marta ogohlantirish oldi. 2:2 hisobiga afsus bilan munosabat bildiryapmiz. Hakam ikki bo‘limni turlicha boshqargani normal holat emas.

Har doim bo‘lajak bellashuvga puxta tayyorlanamiz, lekin natija turlicha bo‘ladi. Bu gal Verdening harakatlari bizni 2:0 hisobida oldinga olib chiqdi. Keyin o‘yin yo‘nalishini o‘zgartirib yuborgan holatlar ro‘y berdi
, - dedi Luka Gotti.

“Spetsiya” safarda bir ochkoni qo‘lga kiritganiga qaramay, musobaqa jadvalida 17-pog‘onada qoldi. Luka Gotti shogirdlari navbatdagi uchrashuvni 19 fevral kuni o‘z maydonida jiddiy raqib – “Yuventus”ga qarshi o‘tkazadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Spetsiya” bosh murabbiyi: Boshqacha bo‘lganida, Shomurodovni 90 daqiqa o‘ynatmasdim!