O‘zbekiston futzal terma jamoasi mart oyida Braziliyaga qarshi o‘yinlar o‘tkazadi

Foto: O‘FA
Futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi mart oyida o‘zining navbatdagi yig‘inini o‘tkazadi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati ma’lum qildi.
Ushbu yig‘in doirasida Bahodir Ahmedov shogirdlari Braziliyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlarida ishtirok etadi. O‘yinlar 4 va 5 mart kunlari Braziliyaning Karlus-Barboza shahrida o‘tkaziladi.
Braziliya terma jamoasi futzal bo‘yicha besh karra jahon chempioni hisoblanadi. So‘nggi bor jamoa 2012 yilda o‘tgan mini-mundialda chempionlikni qo‘lga kiritgandi.
O‘zbekiston terma jamoasi 2022 yilning oktabrida o‘tgan Osiyo Kubogida bronza medaliga chiqdi.
O‘zbekistonlik futzalchilar avvalroq Belarusga qarshi ikkita o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazib, ularda mag‘lubiyatga uchragandi (1:3, 4:7).
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi mart oyida o‘zining navbatdagi yig‘inini o‘tkazadi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati ma’lum qildi.
Ushbu yig‘in doirasida Bahodir Ahmedov shogirdlari Braziliyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlarida ishtirok etadi. O‘yinlar 4 va 5 mart kunlari Braziliyaning Karlus-Barboza shahrida o‘tkaziladi.
Braziliya terma jamoasi futzal bo‘yicha besh karra jahon chempioni hisoblanadi. So‘nggi bor jamoa 2012 yilda o‘tgan mini-mundialda chempionlikni qo‘lga kiritgandi.
O‘zbekiston terma jamoasi 2022 yilning oktabrida o‘tgan Osiyo Kubogida bronza medaliga chiqdi.
O‘zbekistonlik futzalchilar avvalroq Belarusga qarshi ikkita o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazib, ularda mag‘lubiyatga uchragandi (1:3, 4:7).
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…