Futbol bo‘yicha Angliya Premer Ligasining 23-turida “Manchester Siti” 12 fevral, yakshanba kuni o‘z uyida “Aston Villa”ni qabul qildi.
Uchrashuv debyutida Rodri “shaharliklar”ni oldinga olib chiqdi. 39-daqiqada Ilkay Gundo‘g‘an oradagi farqni oshirgan bo‘lsa, bo‘lim yakunida Riyod Mahrez penaltini aniq amalga oshirgan holda hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi.
61-daqiqada Olli Uotkins hisobni qisqartirdi. Qolgan daqiqalarda hisob o‘zgarmadi.
Ushbu g‘alabadan keyin “Manchester Siti” ochkolarini 48 taga yetkazib olgan holda ikkinchi o‘ringa qaytdi. Peshqadam “Arsenal” hisobida 51 ochko mavjud. “Aston Villa” 28 ochko bilan 11-pog‘onada bormoqda.
“Manchester Siti” — “Aston Villa” 3:1
Gollar: 1:0 – 4 Rodri, 2:0 – 39 Gundo‘g‘an, 3:0 – 45+1, penalti Mahrez, 3:1 – 61 Uotkins.
“Manchester Siti”: Ederson, Uoker, Laport, Ruben Diash (Akanji, 46), Gundo‘g‘an, de Bryuyne, Grilish (Foden, 69), Bernardu Silva, Rodri, Marez (Ake, 85), Holand (Alvares, 46).
“Aston Villa”: Martines, Yang (Kesh, 76), Chembers, Konsa, Din (Moreno, 61), Remzi (Koutino, 76), Buendia (Makginn, 61), Kamara, Duglas Luis, Uotkins, Beyli (Duran, 61).
Ogohlantirishlar: Din (37), Ruben Diash (41). “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi