"Nasaf" Abdixoliqov va Umarov harakat qiladigan jamoani mag‘lub etdi

"Nasaf" Abdixoliqov va Umarov harakat qiladigan jamoani mag‘lub etdi
Turkiyaning Antaliya shahrida o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini o‘tkazayotgan "Nasaf" navbatdagi bahsda maydonga tushdi. Unda "ajdarlar"ga Qozog‘istonning "Ordabasi" klubi qarshilik ko‘rsatdi. Ushbu bellashuvda vakillarimiz kichik 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Bellashuvda yagona gol Husain Norchayev hisobiga qayd etildi. Ushbu gol o‘yin taqdirini hal qildi.

Bundan oldingi bahsda hamyurtlarimiz Ukrainaning "Minay" jamoasi bilan 0:0 hisobida nursiz durang o‘ynagandi.

Ma’lumot o‘rnida, "Ordabasi" safida hamyurtlarimiz Bobir Abdxoliqov va Shahboz Umarov harakat qiladi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar