date

O‘rtoqlik uchrashuvlari: Slovakiya Germaniyani engdi, Bosniya Ispaniyaga yengildi.

O‘rtoqlik uchrashuvlari: Slovakiya Germaniyani engdi, Bosniya Ispaniyaga yengildi.

Slovakiya terma jamoasi Augsburgda o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvida 3:1 hisobida Germaniya terma jamoasi ustidan g‘alaba qozondi. Slovakiyaliklar birinchi bo‘lib o‘z darvozasidan to‘p o‘tkazib yuborishdi - o‘yin boshida Mario Gomes penaltidan hisobni ochdi. Lekin keyin raqiblari darvozasiga 3 marta to‘p kiritishdi. To‘plarni Marek Gamshik, Mixal Durish va Yuray Kuskalar kiritishdi.

Yana bir o‘rtoqlik uchrashuvida Ispaniya terma jamoasi Bosniya va Gersegovina terma jamoasi ustidan g‘olib keldi. O‘yin 3:1 hisobida Ispaniya terma jamoasining g‘alabasi bilan tugadi, Nolito dubl qayd etgan bo‘lsa, yana bir golni Pedro kiritdi.

O‘rtoqlik uchrashuvlari:

Germaniya – Slovakiya – 1:3 (1:2)

Gollar: 1:0 – Gomes, 13 (penaltidan); 1:1 – Gamshik, 41; 2:1 – Dyurish, 44; 3:1 – Kuska, 52.

Ispaniya – Bosniya – 3:1 (2:1)

Gollar: 1:0 – Nolito, 11; 2:0 – Nolito, 18; 2:1 – Spaxich, 29; 3:1 – Pedro, 90.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » O‘rtoqlik uchrashuvlari: Slovakiya Germaniyani engdi, Bosniya Ispaniyaga yengildi.