date
views 402

"Spetsiya" o‘z maydonida "Yuventus"ga mag‘lub bo‘ldi, Shomurodov to‘liq o‘ynadi

"Spetsiya" o‘z maydonida "Yuventus"ga mag‘lub bo‘ldi, Shomurodov to‘liq o‘ynadi
Italiya A Seriyasining 23-turidan o‘rin olgan "Spetsiya" va "Yuventus" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi. Mazkur bellashuvda turinliklar 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvdagi gollaga Moyze Kin va Di Mariya mualliflik qildi. "Spetsiya" tarkibida harakat qilayotgan legionerimiz Eldor Shomurodov bahsni asosiy tarkibda boshlab, to‘liq harakat qildi.

Ma’lumot uchun, "keksa senoralar" mazkur g‘alabadan keyin ochkolar sonini 32 taga yetkazib, 7-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Spetsiya – Yuventus 0:2 (0:1, 0:1)
Gollar
: 0:1 – 32 Kin, 0:2 – 66 Di Mariya.
Spetsiya – Drongovski (Marketti, 25), Amyan, Nikolau, Ampadu, Retsa, Ekdal (Kaldara, 79), Burabiya, Agudelo (Nzola, 59), Djasi, Shomurodov, Verde (Maldini, 79).
Yuventus – Perin, Aleks Sandro, Danilo, Rugani, Kuadrado (De Shilo, 46), Kostich (Ayling, 81), Paredes (Fadjoli, 46), Rabo, Lokatelli, Kin (Di Mariya, 56), Vlaxovich (Bonuchchi, 90).
Ogohlantirishlar: Lokatelli (1), Agudelo (16), Fadjoli (51), Retsa (55).
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Spetsiya" o‘z maydonida "Yuventus"ga mag‘lub bo‘ldi, Shomurodov to‘liq o‘ynadi