"Qayrat" bosh murabbiyi Kirill Keker "Paxtakor"dan uchralgan mag‘lubiyat haqida nimalar dedi?
"Qayrat" bosh murabbiyi Kirill Keker "Paxtakor"ga qarshi kechgan o‘rtoqlik uchrashuvidan so‘ng fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Paxtakor"ga mehmondorchilik va yaxshi raqiblik uchun rahmat aytaman. Umuman olganda yomon o‘yin bo‘lmadi. Ko‘p gollar guvohiga aylandik. Bu o‘yin chempionat oldidan ikki jamoaga ko‘p xulosalarni berdi, deb o‘ylayman", - deydi Kiril Keker.
- Orqa chiziq vakillari hujumchilarga to‘pni to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatmalarni amalga oshirishdi. Bu aynan bugungi bahs uchun tanlangan uslubmidi?
- Turli variantlarni izlab ko‘rdik. Himoyadagi xatolarni ko‘ra oldik. Hujumchilar o‘zlarining kuchli tomonlaridan foydalanishlari talab etilgandi. O‘yindan oldin shunga yarasha ko‘rsatma berilgandi.
- "Qayrat"da braziliyalik hujumchi o‘zini ko‘rsatdi. "Paxtakor"ning hujumiga qanday baho berasiz?
- "Paxtakor" yaxshi shakllangan jamoa. Bu ko‘rinib turibdi. Chempion jamoa, harakatlar ham shunga monand. "Qayrat"ga kelsak, tarkibimizda legionerlar bilan birga mahalliy yoshlar ham harakat qildi. "Paxtakor"ning yig‘inlardagi so‘nggi 3ta uchrashuvini kuzatdik. Oldingi chiziqda kuchli ijrochilarga ega. Kimnidir ajratib ko‘rsata olmayman.
Albatta 4ta to‘p o‘tkazib yuborganimiz yoqimsiz bo‘ldi. Demak ishlaydigan jihatlarimiz bor. Yigitlar bilan xotirjam o‘yinni tahlil qilib chiqamiz.
- Yozda javob o‘yini bor. To‘g‘ri hali mavsum boshlanmagan, shu bois o‘yin hali to‘liq shakllanib ulgurmagandir. Yozda "Qayrat" qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
- Qanday holatda bo‘lishini ko‘ramiz. Tez orada bizda chempionat boshlanadi. Klub doim yuqori o‘rinlarga kurashadi.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring