11 mart kuni AQSHning Las-Vegas shahrida navbatdagi «UFC Fight Night» musobaqasi o‘tkaziladi.
Ushbu musobaqa doirasida o‘rta vaznda o‘zbekistonlik UFC jangchisi Mahmud Murodov (25-8) asli dog‘istonlik, hozirda Germaniya nomidan jang qilayotgan Abusupyan Magomedovga qarshi oktagonga ko‘tarilishi lozim edi.
Biroq, jang bekor qilingan. Bunga sabab, Mahmud Murodov jangga oz muddat qolganida, qo‘lidan jarohat olgan va yaqin vaqt ichida operatsiyani boshidan kechiradi. Bu haqda rossiyalik MMA jurnalisti Igor Lazorin ma’lum qilgan.
Mahmud Murodovning o‘zi bunga munosabat bildirganicha yo‘q, deyiladi xabarda.
UFC Fight NightMahmud MurodovLas-VegasJang Bekor QilinganO‘zbekistonlik JangchiAbusupyan Magomedov O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar