22:35 / 03.03.2023
461

Maksim Shatskix: "Bugun go‘yo katta professor, akademiklardek maydonga tushdik"

Maksim Shatskix: "Bugun go‘yo katta professor, akademiklardek maydonga tushdik"

Coca-Cola Superligasining 1-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" — "Olimpik" uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Maksim Shatskix uchrashuv haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

O‘yin haqida

- Xayrli kech. Bugun ishtiyoq taraflama yutqazdik. Xuddi katta professor, akademiklardek maydonga tushdik. Qiyinchiliklarga moslashishga o‘rganib qoldik. Gol o‘tkazmagunimizcha yoki qandaydir mushkul holatga kelsak, o‘yin namoyish etishni boshlaymiz. Dastlabki soniyalardanoq o‘yinga kirishib keta olmaymiz, bunga nima sabab bo‘lishini bilmayman. Bu birinchi bor sodir bo‘layotgani yo‘q.

- Bugungi o‘yinda jamoaga Banashak yetishmadi deb o‘ylaysizmi?

- Balki shunday bo‘lishi mumkin. Ehtimol, u tarkibda bo‘lganida, o‘yin o‘zgarib ketgan bo‘lardi. Sardor Rashidov hujumchi sifatida, uning ortida esa Cheran o‘ynadi. Ammo gap bunda emas. Raqib 4 marta zarba berib, 3 ta gol urdi. Bizda vaziyatlar yetarlicha bo‘ldi, ammo gol ura olmadik. Muammo shunda.

- O‘tkazilgan golda darvozabonning aybi bormi?

- Mag‘lubiyatga hamma aybdor. Vaziyatlarni qayta ko‘rib chiqamiz. Hozir hech kimni ayblamoqchi emasman. Futbolchilarimiz biz istagan vazifalarni bajara olishmadi. Hozir hamma futbol o‘ynashni biladi, shunchaki maydonga chiqib, g‘alaba qozona olmaysiz. Barcha jamoalar himoyada ham, hujumda ham qanday o‘ynashni yaxshi biladi. Biz hammasiga tayyor bo‘lishimiz kerakligini yig‘inlarda ham ta’kidlab keldik. Buni har doim ta’kidlab kelaman.

- Keyingi turda rotatsiyaga qo‘l urasizmi?

- Rotatsiya qila olmaymiz. Bizga futbolchilar yetishmayapti. 8 nafar o‘yinchimiz terma jamoa ixtiyorida. Ular orasida asosiy tarkib futbolchilari ham bor. Muxlislar zaxiradan futbolchilar tushirishimizni istayapti. Xo‘p, zaxiradan kimni maydonga tushiramiz? Holat shunday, chunki "Paxtakor" terma jamoalar homiysi. U yerda 6 nafar, bu yerda 8 nafar o‘yinchimiz bor. "Olimpik" futbolchilarining hammasi "Paxtakor" o‘yinchilari. 60 kishini tashkil qiladigan qaydnoma topshira olmaymiz. Tushunyapsizmi?  Hechqisi yo‘q, bu birinchi tur, xolos. Hali hammasi oldinda.

- U-20 termasida 8 nafar "Paxtakor" futbolchisi bor. Shuni hisobga olsak, O‘zbekistonning Jahon chempionatiga yo‘l olishi "Paxtakor" uchun foydalimi yoki zararmi? Agar JCHga chiqsa, mayga qadar terma yig‘inlar tashkil qilishda davom etadi. Bu holatda "Paxtakor" zaxirasidan ayriladi...

- Albatta, terma jamoaga muxlislik qilamiz. Lekin yuragim futbolchilar shu yerda (klubda) bo‘lishlarini xohlayapti. Ular "Paxtakor"ga foyda keltirgan bo‘lardi. Ammo termaga muxlislik qilamiz va ularning JCHga chiqishini xohlaymiz. Biz ularni qaydnomadan chiqarib, keyin yana qaytarish imkoniga ega emasmiz. Qaydnoma cheklangan. Bu borada qiyinchiliklar bor.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Maksim Shatskix: "Bugun go‘yo katta professor, akademiklardek maydonga tushdik"