Pep Gvardiola Angliyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan yulduzlar

"Manchester Siti" jamoasi yangi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola yozgi transfer vaqtida tarkibni sezilarli darajada kuchaytirishga bel bog‘lagan, deb yozmoqda "Telegraf" nashri. Gvardiola bir qator futbolchilarni ko‘z ostiga olgan. Xususan, Ilkay Gyundogan ham shaharliklarga kelib qo‘shildi. Endilikda yana bir qator o‘yinchilar tashrif buyurishlari mumkin. Quyida shu charm to‘p ustalari borasida so‘z yuritamiz.
Tomas Myuller
Klubi: "Bavariya"
Transfer bahosi: 60 million evro
Gvardiola o‘z shogirdlari qatorida "Bavariya"dan Tomas Myullerni ham taklif qilmoqchi. Myuller transferi uchun shaharliklar 60 million evro sarflashga tayyor ekanligini ma’lum qilgan. Biroq Gvardiola bu maqsadiga erisha olmasligi mumkin. Bunga "Bavariya" yo‘l bermasligi haqiqatga yaqin. Chunki myunxenliklar Tomas Myullerni sotmoqchi emas. Shunga qaramay, "Manchester Siti" Tomasni sotib olishni rejalashtirmoqda.
Isko
Klubi: "Real" Madrid
Transfer bahosi: 45 million evro
Isko "Manchester Siti"ning transfer bozorida xarid qilmoqchi bo‘lgan futbolchilari ro‘yxatidan joy olgan. Albatta, Gvardiola iqtidorli bo‘lgan charm to‘p ustasini o‘z jamoasida ko‘rishni istamoqda. Buning uchun "Real"ning roziligi kerak. Qolaversa, tomonlar o‘zaro kelisha olishsa, Isko "Manchester Siti"da to‘p surishga rozi. Har holda shaharliklar Isko transferiga katta mablag‘ ajratgan. Shuningdek, unga ulkan maosh taklif qilingan.
Tiago Alkantara
Klubi: "Bavariya"
Transfer bahosi: 15 million evro
Gvardiolaning suyukli shogirdi so‘zsiz Tiago Alkantara hisoblanadi. Ular o‘zaro "Barselona"da ishlagan. Keyinchalik murabbiy Bavariyaga o‘tganidan keyin Alkantarani yoniga chaqirgandi. Oradan hech qancha vaqt o‘tgani yo‘q. "Manchester Siti"ga kelgach, Alkantara bilan yana birga ishlash rejasi borligini ma’lum qilmoqda. Ko‘ramiz, bu gal ham ustoz va shogird ishi Angliyada ham davom etadimikan?
Daniel Alves
Klubi: "Barselona"
Transfer bahosi: 20 million evro
Kataloniya klubini tark etishi kutilayotgan Alves "Manchester Siti"ga ko‘chib o‘tishi ehtimoli bor. Unga Gvardiolaning shaxsan o‘zi qiziqmoqda hamda sobiq shogirdini Angliyaga taklif qilmoqda. Alvesning "Manchester Siti"ga o‘tishi qiyindek tuyulmoqda. Chunki "PSJ" ham braziliyalik himoyachini sotib olishga asosiy da’vogarlardan biri hisoblanadi. Shu boisdan transferning amalga oshishida shaharliklarga qiyin bo‘lishi mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing