20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo Kubogi guruh bosqich 3-turidan o‘rin olgan O‘zbekiston - Indoneziya uchrashuvida 0:0 hisobi qayd etildi. Bellashuvdan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida indoneziyaliklar bosh murabbiyi Shin Taye Yong ishtirok etib, quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:
"Mezbon jamoaga qarshi yomon o‘ynamadik, menimcha. O‘zbekistonni keyingi bosqichga chiqqani bilan tabriklayman! Ular bunga 100 foiz haqli edi.
Himoyamiz darajasidan kelib chiqib, shunday taktika tanladik. Gol o‘tkazmaslikni istadik. Keyingi bosqichga chiqa olmagan bo‘lsak-da, o‘ylashimcha, bu natija biz uchun yomon bo‘lmadi.
O‘zbek futbolchilari ajoyib o‘yin namoyish etdi. Ularda individual tomonlama juda kuchli yigitlar to‘p tepishini bilardik.
Aytib o‘tganimdek, barcha futbolchilarni bu o‘yinga olib kela olmadik. Taktik tomondan men markazni mustahkamlashga harakat qildim. Sababi, o‘zbek futbolchilari jismonan kuchli ekani aniq edi. Ularni shu usulda qarshi hujumdagi vaziyat evaziga mag‘lub etishni reja qilgandim", - dedi murabbiy.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring