21:00 / 10.03.2023
417

"Alaniya" sport direktori: "O‘zbek futbolchilarini kuzatamiz. Norchayevning o‘tishi bo‘yicha Qosimov bilan maslahatlashdik"

"Alaniya" sport direktori: "O‘zbek futbolchilarini kuzatamiz. Norchayevning o‘tishi bo‘yicha Qosimov bilan maslahatlashdik"

Ushbu kunlarda O‘zbekistonda o‘tayotgan Osiyo Kubogi U-20da "Alaniya" sport direktori Timur Demurov bo‘lib turibdi. U Championat.Asia bilan intervyuda nega klub Husayn Norchayevga e’tibor qaratgani, Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi futbolchilarga qiziqish va boshqa ko‘plab narsalar haqida gapirib berdi.

- Qachondan beri Toshkentdasiz, nechta o‘yinga tashrif buyurdingiz?

- 5 mart "Alaniya"ning Nijnekamskda "Nefteximik"ga qarshi o‘yini bor edi, 6-da esa Toshkentda edim. Hozircha to‘rtta o‘yinga tashrif buyurdim.

- Ushbu turnirga qanday maqsadlar bilan keldingiz?

- Avvalo, "Alaniya"ning ikkinchi jamoasida o‘ynayotgan futbolchimiz Arsen Sharshenbekovni kuzatish uchun. U Osiyo Kubogi U-20da Qirg‘iziston termasi safida o‘ynamoqda. Bundan tashqari, bizda kuzatayotgan ma’lum bir futbolchilar ro‘yxati bor va ulardan kimdir aynan ushbu turnirda o‘ynamoqda.

- Rossiyada hozirda O‘zbekiston va boshqa Markaziy Osiyo davlatlari futbolchilarining tendensiyasi kuzatilmoqda deyish mumkinmi?

- Biz ushbu futbol bozorini anchadan beri kuzatamiz. Bundan tashqari, tarixdan shunday bo‘lganki, o‘zbek o‘yinchilari bizda, ya’ni "Alaniya"da o‘ynashgan. Ulardan ayrimlari klub tarixida katta iz qoldirishgan. O‘zbekistonlik futbolchilar mentalitet bo‘yicha Osetiyaga, ya’ni bizning futbolga yaxshi moslashishadi.

- Norchayevni qanchadan beri kuzatdingiz?

- Norchayev bo‘yicha skautdan ilk hisobot menga 2021 yilning noyabrida keldi. Shunda deyarli bir yarim yil oldin bo‘ladi. E’tibor qaratdik, skaut uning vaziyatlaridan lavhalar tayyorladi va diqqat bilan kuzatadigan bo‘ldik.

- Husaynning qanday sifatlari uchun oldingiz?

- U o‘yin uslubi bo‘yicha "Alaniya"ga ajoyib tarzda mos tushadi deb o‘ylayman. U markaziy hujumchi, ammo juda "portlovchi", qisqa paslar bilan o‘ynaydigan kombinatsion o‘yinchi. Bunday o‘yinchilar doim kerak, ularni bizning mahalliy omma yaxshi ko‘radi. Tezlikdan tashqari, u yelka bilan yaxshi o‘ynaydi, jarima maydonchasida ajoyib harakat qiladi, gol urish uchun vaziyatlar topadi. U "Alaniya"da o‘zining eng yaxshi sifatlarini namoyish eta olishi va futbolchi sifatida o‘sishi mumkin deb o‘ylayman. Hozirda eng asosiysi, u ko‘nikib oldi. Jamoadagi yigitlar uni yaxshi qarshi olishdi.

- Mavsumning ikkinchi qismida Norchayevdan nima kutyapsiz?

- Husayn hozirda asosiy tarkibda o‘ynayotgan asosiy hujumchisiga raqobat taqdim etadi. Hozirda hech kim unga bosim o‘tkazib, shu yerda natija talab qilmaydi. Ammo, shunday deya olaman: Norchayev hozirda o‘z kuchi bilan "Alaniya"ga klub oldida turgan vazifalarni yechishda yordam beradi oladi – birinchi navbatda, RPLga chiqishda.

- Norchayevning o‘tishida oldin "Alaniya"da o‘ynagan o‘zbek futbolchilarining tajribasi hisobga olindimi?

- Albatta, biz buni hisobga oldik. Menimcha, Husayn klubimiz tarixidagi O‘zbekistondan bo‘lgan o‘ninchi futbolchi. Osetiyada haligacha eng sevimli o‘yinchilardan biri Mirjalol Qosimovdir. Biz u bilan hatto Norchayev borasida ham maslahatlashdik: qisqasini aytganda, u yaxshi o‘yinchi ekanligini aytgan holda, buni ma’qulladi.

- So‘nggi savol: hozirda O‘zbekistondan kimnidir kuzatyapsizmi?

- Ha, bizda kuzatib borayotgan o‘yinchilarimiz ro‘yxati bor - u yerda shu jumladan o‘zbek futbolchilari ham bor. Hozirda ortiq hech kim bilan muzokara olib bormayapmiz, ammo mahalliy futbol bozorini kuzatamiz.

Nikolay Yegorichev suhbatlashdi

Alisher Ostonov tarjimasi


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Alaniya" sport direktori: "O‘zbek futbolchilarini kuzatamiz. Norchayevning o‘tishi bo‘yicha Qosimov bilan maslahatlashdik"