A Seriya 26-turidan o‘rin olgan "Spetsiya" - "Inter" bahsi yakunlandi. Mazkur bellashuvda maydon egalari 2:1 hisobida kuchli raqibdan ustun keldi.
Dastlab, Shomurodov o‘rniga zaxiradan maydonga tushgan Maldini 55-daqiqada hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. 82-daqiqada o‘tib borayotgan bir paytda Lukaku penaltidan unumli foydalanib, muvozanatni tikladi. Ko‘p o‘tmay, aniqrog‘i, 86-daqiqada "Spetsiya" ham 11 metrli jarima zarbasi tepish imkoniyatini qo‘lga kiritdi va Nzola penaltini golga aylantirdi.
Ochkolari sonini 24 taga yetkazib olgan spetsiyaliklar 17-pog‘onani band etib turibdi. "Neradzurrilar" mag‘lubiyatga qaramay, 2-o‘rinda qoldi.
Qayd etish lozim, legionerimiz Eldor Shomurodov uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi va 2-taym avvalida zaxiraga olindi.
Spetsiya – Inter 2:1
Gollar: Maldini (55, 1:0), Lukaku (84-pen, 1:1), Nzola (86-pen, 2:1).
Spetsiya – Drongovski, Amyan, Nikolau, Kaldara, Ampadu, Visnevski, Burabiya, Jurkovski (Ekdal, 46), Agudelo (Kovalenko, 67), Shomurodov (Maldini, 46; Visniyevski, 90), Nzola, Jasi (Ferrer, 81).
Inter – Xandanovich, Darmian (Karboni, 80), D'Ambrozio (Dumfris, 66), Acherbi, Bastoni, Gozens (Dimarko, 66), Mxitaryan (Djeko, 66), Brozovich, Barella (Chalxanoglu, 66), Lukaku, Martines.
Ogohlantirish: Jasi (6), Kaldara (12), Nikolau (71).
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring