21:37 / 11.03.2023
196

Iroq U-20 termasi bosh murabbiyi: "Biz mehnatimiz mevasini totyapmiz"

Iroq U-20 termasi bosh murabbiyi: "Biz mehnatimiz mevasini totyapmiz"

Iroq U-20 terma jamoasi bosh murabbiyi Emad Muhammad iroqliklar Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritganidan so‘ng fikrlari bilan bo‘lishdi.

- Bugungi g‘alabani kiyinish honasida qanday nishonladingiz?

- O‘yin ikki jamoa uchun ham juda qiyin bo‘ldi. Biz ko‘proq qarshi xujumda o‘ynadik. Suriya bilan kechgan uchrashuvdan so‘ng maydon markaziga katta urg‘u qaratdik va bu bizga yordam berdi. Eron terma jamoasinig jismoniy tomonlama kuchli ekanligini bilar edim va shu sabab ko‘pgina o‘yinchilarni ikkinchi taym so‘ngida maydonga tushirdim. Barcha iroqliklarni g‘alaba bilan tabriklayman. Biz so‘nggi ikki yil ichida ko‘p mehnat qilgandik va bugun mehnatlarimiz mevasini oldik. Yaratganga rahmat, U bizni mehnatimizga yarasha rag‘batlantirdi.

- Iroq terma jamoasining Jahon chempionatiga chiqqani yetarlimi yoki finalga chiqishni maqsad qilyapsizlarmi?

- Albatta, maqsadimiz – finalga chiqish. Biz hozir mehmonxonaga borib, yarim final va final haqida bosh qotirishni boshlaymiz.

- 20 yil oldingi Emod shunday natijaga erisha olishini tassavur qila olarmidi?

- To‘g‘risini aytaman, avvalari Iroq futbolida to‘pni nazorat qilish bo‘yicha muammmo bo‘lardi va biz bugungi kunga kelib ushbu muammoni to‘g‘riladik. Ushbu avlod yaqin 15 yilda Iroq futboli sha’nini himoya qiladi.

- Ko‘p klublar va ko‘p jamoalarda ishlagansiz. Bugungi o‘yin faoliyatingizdagi eng yaxshi o‘yin bo‘ldimi?

- Ha, men o‘yin oldidan futbolchilardan qo‘llaridan keladigan barcha narsani maydonda ko‘rsatishlarini so‘ragandim. Ular bugun ushbu ishni bajarishdi va biz Jahon chempionatiga chiqdik.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Iroq U-20 termasi bosh murabbiyi: "Biz mehnatimiz mevasini totyapmiz"