Foto: Picture Alliance
Myunxen klubi iste’foga chiqarilgan Yulian Nagelsmann o‘rniga yangi bosh murabbiy nomini e’lon qildi.
«Bavariya» klubi rasmiy sayti xabariga ko‘ra, Tomas Tuxel jamoa bosh murabbiyi sifatida ish boshlagan. Germaniyalik 49 yoshli mutaxassis bilan 2025 yilning yoziga qadar kelishuv imzolandi.
Tuxel hozirga qadar «Mayns», «Borussiya» Dortmund, «PSJ» va «Chelsi» klublarida ishlagan.
Klub boshqaruv kengashi raisi Oliver Kann, sport direktori Hasan Salixamidjich va jamoa prezidenti Gerbert Haynerning qaroriga ko‘ra, Tuxel Myunxen jamoasida ish boshlagan.
Qayd etish joiz, «Bavariya» Tuxel qo‘l ostidagi dastlabki uchrashuvni 1 aprel kuni o‘z uyida prinsipial raqibi «Borussiya» Dortmundga qarshi maydonga tushadi. YECHL 1/4 finalida esa jamoani «Manchester Siti» kutib turibdi.
Ma’lumot uchun, Tuxel murabbiylik faoliyati davomida 10ta sovringa ega chiqqan, xususan YECHL bosh sovrini va UYEFA Superkubogida zafar quchgan.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin