Butun dunyo bo‘ylab FIFA kunlari davom etmoqda va mamlakatlar terma jamoalari rasmiy uchrashuvlar yoki o‘rtoqlik o‘yinlarida o‘z imkoniyatini sinovdan o‘tkazyapti.
Eldor Shomurodov to‘p tepayotgan “Spetsiya”da legionerlar ko‘p jamoalardan hisoblanadi. Liguriyaliklar safidagi futbolchilardan 12 nafari turli mamlakatlar terma jamoalari a’zolari hisoblanadi. Aksariyati o‘z yurtining milliy va yoshlar termalaridan chorlov olgan va xalqaro maydondagi bahslarda qatnashmoqda.
“Spetsiya” klubi rasmiy saytining ma’lum qilishicha, bir necha futbolchi o‘z terma jamoasida maydonga tushdi. Jamoaning asosiy to‘purari Mbala Nzola Afrika Millatlari ligasining saralash turniridagi uchrashuvda qatnashdi.
Nzola o‘ynayotgan Angola terma jamoasi muhim bahsda Gana mehmoni bo‘ldi. “Spetsiya” hujumchisi bu bellashuvda 65 daqiqa harakat qildi, biroq mezbonlar darvozasiga yo‘l topa olmadi. Uchrashuv taqdirini hakam tomonidan o‘yindagi to‘xtalishlar uchun qo‘shib berilgan daqiqalarning oltinchisida ganalik Antuan Semeno tomonidan kiritilgan gol hal qildi.
Mag‘lubiyatdan keyin Angola ganaliklarni turnir jadvalida birinchi pog‘onaga o‘tkazib yuborishiga to‘g‘ri keladi.
Sloveniyaning 21 yoshgacha bo‘lgan futbolchilardan tarkib topgan terma jamoasiga chaqirtirilgan Tio Sipot slovakiyaliklarga qarshi o‘tkazilgan o‘rtoqlik o‘yinida 77 daqiqa to‘p tepdi. Bu bellashuvda kuchlar teng keldi, o‘yin golsiz yakunlandi.
Eldor Shomurodov bilan bir paytda – yanvar oyida “Spetsiya”ga olib kelingan Latviya terma jamoasi hujumchisi Raymonds Krollis Irlandiyaga safar qildi. Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi maqomidagi ushbu bellashuvda mezbonlarning qo‘li baland keldi – 3:2.
Raymonds Krollis o‘yinga ikkinchi bo‘lim boshida qo‘shilgan bo‘lsa-da, raqib darvozasiga yo‘l topa olmadi.
“Spetsiya”ning iste’dodli futbolchilaridan Yulius Bek Daniyaning 18 yoshgacha bo‘lgan futbolchilardan iborat terma jamoasida ishtirokidagi o‘yinda qatnashdi. Norvegiya yoshlar terma jamoasi mezbonlik qilgan o‘rtoqlik uchrashuvida 2:1 hisobida daniyalik yoshlarning qo‘li baland keldi.
Nihoyat, “Spetsiya”ning asosiy jamoasi vakillaridan Eldor Shomurodov xalqaro maydondagi muvaffaqiyatli yurishini davom ettirdi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi Saudiya Arabistonida tashkil etilgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini doirasida birinchi o‘rtoqlik uchrashuvini Boliviya terma jamoasiga qarshi o‘tkazdi. Janubiy Amerika vakillari bilan bo‘lganmurosasiz bahs taqdirini Eldor Shomurodovning yagona goli hal qildi.
Shomurodov “Spetsiya” futbolchilari orasida o‘z mamlakati terma jamoasi safida maydonga tushib, gol urgan yagona o‘yinchi bo‘lib turibdi.
Endi Srechko Katanes shogirdlari 28 mart kuni ikkinchi o‘rtoqlik bellashuvida qatnashadi. Bu galgi raqib Venesuela terma jamoasi bo‘ladi.
Bundan tashqari, Eldor Shomurodovni A Seriyada muhim uchrashuv kutib turibdi. “Spetsiya” 2 aprel kuni musobaqa jadvalida o‘zidan bir pog‘ona yuqorida turgan “Salernitana” vakillarini qabul qiladi.
Bo‘lajak bahsda “Spetsiya”ning asosiy to‘purari Mbala Nzola ogohlantirishlar soni beshtaga yetgani sababli maydonga tushmaydi. O‘yinda asosiy hujumchi vazifasini Eldor Shomurodov bajarishi kutilmoqda.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?