Erkak bokschiga qarshi jang qilgan Navbahor jahon chempionatida sovrindor bo‘ldi

Erkak bokschiga qarshi jang qilgan Navbahor jahon chempionatida sovrindor bo‘ldi
Erkak bokschiga qarshi jang qilgan Navbahor jahon chempionatida sovrindor bo‘ldi
Hindiston poytaxti Nyu-Deli shahrida ayollar boksi bo‘yicha jahon chempionati o‘z yakuniga yetdi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Navbahor Hamidova bronza medali bilan taqdirlandi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.
 
-66 kg vazn toifasida ishtirok etgan hamyurtimiz chorak finalda jazoirlik Imane Xelifga imkoniyatni boy bergan edi. Biroq keyinchalik jazoirlik bokschi diskvalifikatsiya qilindi va uning o‘rniga Hamidova yarim finalchi sifatida qayd etildi. Aytish kerakki, bundan avvalroq Jazoir vakili aslida erkak jinsiga mansub ekanligi haqida ma’lumotlar tarqalgan edi.
 
Shu tariqa, bokschi qizlarimiz ketma-ket ikkinchi bor dunyo birinchiligini medal bilan yakunlashmoqda. Eslatib o‘tamiz, bundan avval Turkiyada o‘tgan JCHda hamyurtlarimiz 2 ta bronza medaliga sazovor bo‘lishgan edi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar