
Saudiya Arabistoni bosh murabbiyi Erve Renar o‘z xohishiga ko‘ra terma jamoadan iste’foga chiqarildi. Bu haqda mamlakat futbol federatsiyasi rasmiy sayti xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, 54 yoshli mutaxassis o‘z yurti Fransiyadan tushgan taklifga rad javobini bera olmagan. Shu tariqa, Renar joriy yilda bo‘lib o‘tadigan ayollar o‘rtasidagi jahon chempionatida Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida ish olib boradi.
Ma’lumot o‘rnida, Erve 2019 yil iyul oyida Saudiya Arabistoni bosh murabbiyligiga tayinlangandi. 2022 yil Qatarda bo‘lib o‘tgan mundialda u boshchiligidagi saudiyaliklar Argentinani 2:1 hisobida taslim etgandi.
Saudiya ArabistoniBosh MurabbiyErve RenarTerma JamoaJahon ChempionatiFutbol Federatsiyasi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar